O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Xudkush terrorchilar: ular kimlar?

 
 

Terrorning zamonaviy tarixiga nazar tashlasak, o‘zini o‘zi o‘ldirish, ya'ni xudkushlik yangi hodisa bo‘lib, u 80 yillarda Livanda paydo bo‘ldi va u yerdan butun dunyoga tarqaldi.

Ammo faqat diniy aqidaparast oqimlargina odamlarni xudkushlikka undaydi, deb o‘ylamaslik kerak, marksist millatchilar ham bu taktikadan foydalanganlar. Ular, birinchi navbatda, mustamlakachi davlatlar tomonidan bosib olingan boshqa mamlakatlarda to‘palon chiqarib, o‘sha yerdagi muammolarga o‘z e'tiborlarini qaratganlar. Keyinchalik marksistlar o‘z faoliyatlarini katta shaharlarga ko‘chirishdi. Keng infratuzilmaga ega zamonaviy poytaxtlar kichik xarajat evaziga katta vahima va vayronagarchilik uchun oson nishonga aylandi.

60 yillarning boshlarida Janubiy Amerikada Urugvay, Gvatemala, Braziliya, Venesuela va Argentinada chap qanot partizan harakatlari paydo bo‘lib, asosan talabalar tomonidan asos solingan. Ular o‘z poytaxtlarida uyushtirayotgan to‘palonlarni oddiy dehqon aholining boy va xalqni talayotgan shaharliklardan olingan qasos deb e'lon qildilar. Qisman Che Gevaraning Boliviyadagi harakatlari ham xuddi shunday xususiyatga ega edi. Bu kurash 1966 yilda inqilobiy Gavanada Fidel Kastro tomonidan tashkil etilgan “Uch qit'a” konferensiyasidan so‘ng yanada rasmiy maqomga ega bo‘ldi, unda “uchinchi dunyo” deb ataladigan mamlakatlardan 83 ta inqilobiy guruh vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada aytilgan barcha shiorlarning asosi jahon imperializmiga qarshi yakuniy kurash uchun barcha rivojlanayotgan mamlakatlarni birlashtirishga chaqiriq edi. Yevropada bu kurashda Germaniyaning “Qizil Armiya fraksiyasi” va Italiyaning “Qizil brigadalari” eng katta tajribaga ega edi.

Ularning maqsadi Uchinchi dunyo davlatlarining shafqatsiz ekspluatatsiyasi uchun qonli qasos edi.

Hozir faqat terminologiya va tashkilotlar o‘zgardi, maqsadlar o‘zgarmadi, endi bu jahon iqtisodiyotining globallashuviga qarshi kurash deb ataladi.

Ammo zamonaviy siyosiy terror mafkuralari bilan bir qatorda o‘z ta'sirchanligi bo‘yicha fundamentalizmga barobar millatchilik shiori ostidagi terror harakatlari ham mavjud.

Eng shafqatsiz terrorchi tashkilot Tamil Elamning “Ozodlik yo‘lbarslari” xudkush-terrorchilari 1987 yildan 2000 yilgacha 168 ta terakt uyushtirgan, minglab odamlar halok bo‘lgan va yaralangan.

Rajiv Gandi va Shri-Lanka Bosh vaziri Prendesa teraktlar natijasida o‘ldirildi.

Shu o‘rinda shahidlik maqomi to‘g‘risida ham qo‘yidagi hadis orqali ma'lumot berib o‘tamiz.

الَشَّهَادَةُ سَبْعٌ سِوَى الْقَتْلِ فِي سَبِيلِ اللهِ اَلْمَطْعُونُ شَهِيدٌ وَ الْمَبْطُونُ شَهِيدٌ وَ الْغَرْقُ شَهِيدٌ وَ صَاحِبُ الْهَدَمِ شَهِيدٌ وَ صَاحِبُ ذَاتِ الْجَنْبِ شَهِيدٌ وَ صَاحِبُ الْحَرَقِ شَهِيدٌ وَ الْمَرْأَةُ تَمُوتُ بِجَمْعٍ شَهِيدَةٌ

«Shahidlik Alloh yo‘lida yurganda o‘ldirilishdan tashqari yettitadir. O‘latga yo‘liqib o‘lgan shahiddir; qorin og‘rig‘i bilan o‘lgan kimsa shahiddir; g‘arq bo‘lib o‘lgan kimsa shahiddir; vayronagarlikda qolib ketgan (masalan, zilzilada) kimsa shahiddir; zotiljam kasalidan o‘lgan kimsa shahiddir; olovda kuyib o‘lgan kimsa shahiddir; tug‘ayotib o‘lgan ayol shahiddir» (Nasoiy, 1/1973; Tabaroniy, 2/1779)

Samarkand shahar Qoraboy Oqsoqol jome masjidi

imom-xatibi Bobobek Abdurahimov


Kiritilgan vaqti: 01/12/2022 09:18;   Ko‘rilganligi: 717
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/xudkush-terrorchilar-ular-kimlar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing