O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

VATAN HIMOYASI - MUQADDAS BURCHDIR!

 
 

Inson o‘z yurti uchun har ishga tayyor turishi, uning ravnaqi, tinchligi uchun kurashish hayotining asosiy mezoni bo‘lishi kerak. Zero, Vatanga xizmat qilish eng oliy burchdir. Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk davrdan yanvar oyining 14-sanasi mamlakatimiz tarixiga zarhal harflari bilan yozilgan edi. Chunki o‘sha kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga asos solindi.

Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, Respublikamiz Qurolli Kuchlari tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunga kelib  zamonaviy, ixcham va xar tomonlama yaxshi kurollangan, jismoniy va intelektual bilimga ega, yurtimiz sarhadlarini har qanday tashki xavfdan himoya kilish, tayyorgarligiga ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etdi.

Tinchlik - bebaho ne'mat, osuda yashash saodat. Hozirda erishilgan ulkan o‘zgarishlar va kelajakdagi buyuk taraqqiyotlar omili ham tinchlik va osudalik tufayli yuzaga keladi. Yurtining himoyasi yo‘lida qalblari sadokatu jasoratga to‘la , ogir, ammo o‘ta sharafli bu kasb egalariga ajr savoblari va'da kilingan. Rasulullox (sallolloxu alayxi vassallam)“Alloh yo‘lida bir kecha qo‘riqchilik qilish, ming kun ro‘za tutish va ming kecha qoim turishdan yaxshidir”, deya marhamat qilganlar (imom Ahmad va imom Tabaroniy rivoyatidan) .

Vatan ximoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga xiyonat etish kechirib bo‘lmas gunohi azim ekanligi haqida ham dinimizda ta'kidlangan. Jumladan, Abu Huraypa (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda ham bunday deyil gan: “Rasulullox sallollohu alayhi vassallam halokatga eltuvchi yetti amaldan saklaninglar!” deganlarida, sahobalar:“Yo Rasululloh, ular nima?” deyishdi. Shunda Paygambarimiz, “Allox taologa shirk keltirish, sehr-jodu qilish, noxak birovni o‘ldirish, sudxo‘rlik, yetimning haqqini yeyish, Vatan himoyasidan qochish, iffatli mu'mina ayolga to‘hmat qilishdir”, dedilar. (Imom Buxoriy)

Vatan ximoyachilari Allohning amrini ado etayotgan, naqadar sharafli, xavas kilishga, faxrlanishga arzigulik insonlardir. Rasululloh (sallolloxu alayxi vassallam) “Ikki ko‘z sohibiga do‘zax olovi tegmaydi. Biri tunda Alloxdan kurkib yiglagan ko‘z, ikkinchisi Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan kuz” (Imom Termiziy rivoyati).

Shayx Muhammad G‘azzoliy Vatan haqida bunday deganlar:“Inson o‘z yerini, undagi narsalar bilan, garchi u joy odam yashamaydigan sahro bo‘lsa ham sevadi. Vatanni sevmoklik, qalbdagi asl, tugma tabiatdir. Tug‘ma tabiat insonni vatanida yashab turganida xotirjam, undan yiroqda bo‘lganida sog‘inadigan, unga hujum kilinganida himoya qiladigan, unga hurmatsizlik qilinganida g‘azablanadigan kilib kuyadi”.

14- yanvar Vatan himoyachilari kuni. Vatanimiz osudaligi, xalqimiz tinchligi, ajdodlardan meros bo‘lib qolgan moddiy-ma'naviy boyliklarimizning himoyachilari Vatan posbonlarining kasb bayramingiz muborak bulsin!

Nurullo o‘g‘li Nasrulloxon

Samarkand viloyati Pastdarg‘om tumani “Namozgoh” jomye masjidi imom-xatibi 


Kiritilgan vaqti: 13/01/2023 09:40;   Ko‘rilganligi: 894
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/vatan-himoyasi-muqaddas-burchdir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing