O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Turkiston islom harakati tashkilotining strukturasi

 
 

Tashkilot 5-7 kishidan iborat (“jamoat” deb atalmish) kichik yacheykalardan tuzilgan bo‘lib, “jamoat” a'zolari faol jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanib, qo‘paruvchilik ishlarini amalga oshiradi.

Moliyaviy manbalari. Haraktning moliyaviy manbalarini narkobiznes, talon-taroj orqali qo‘lga kiritilgan hamda bajarilgan qo‘paruvchilik va terrorchilik amaliyotlari evaziga yirik terrorchi tashkilotlar tomonidan berilgan mablag‘lar tashkil qiladi.

Mintaqadagi faoliyati. “Turkiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999 yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000 yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004 yili Toshkent va Buxoroda, 2005 yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006 yillarda qo‘shni Qirg‘izistonda, 2006 yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan. Mazkur guruh mintaqadagi terrorchi tashkilotlar bilan yaqin aloqaga ega.

Harakatga munosabat. AQSH davlat departamentining eng xavfli xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 26/08/2020 17:41;   Ko‘rilganligi: 1254
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/turkiston-islom-harakati-tashkilotining-strukturasi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing