TINCHLIK – XOTIRJAMLIK VA SALOMATLIK NEMATI
Hammamizga yaxshi malumki tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng buyuk nematlaridan biridir. Shu bois ham Hazrati Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislariing birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘ nemat ekanini takidlab, shunday deganlar, “Ikki nemat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U- xatirjamlik va sihat-salomatlik” dir. (Imom Buxoriy rivoyati).
Malumki islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga inom etilgan ulug‘ nemat sifatida qadrlanadi. Jumladan, Quroni karimda marhamat qiladiki, “Ey iymon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz. Albatta, u sizlarga aniq dushmandir”. (Baqara surasi, 208-oyat).
Tinchlik va xotirjamlik ilohiy nemat ekani haqida Nabiy alayhissalomning quyidagi hadislaridan birida aytilganki, “Allohdan avf va tinchlik-omonlikni so‘ranglar. Chunki biror kishiga imondan keyin tinchlik-omonlikdan afzalroq nemat berilgani yo‘q” (Sunan Termiziy”, 3558-hadis).
Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam muborak hadislaridan birida ,”Kim oilasi tinch, jasadi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to‘lig‘icha berilibdi”, deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).
Bizlar qancha shukr qilsak shuncha oz. Ushbu sururli damlar bardavom bo‘lmog‘i uchun tinchlik nematiing shukronasini qilib, uni ko‘z qorachig‘idek asramog‘imiz kerak.Chunki nematlar, shukri bilan bardavom va ziyoda bo‘ladi.
Xulosa o‘rinda aytish kerakki, dinimizning tinchillikka bo‘lgan etibori katta ahamiyatga ega ekanligidan yaqqol namoyon bo‘ladi.
Alloh taolo yurtimizni tinch, oilalarimizni farovon, olijanob xalqimizni yaratgan robbimiz o‘z panohida asrasin.
M.Jomonqulov Bulung‘ur tumani bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 13/09/2023 16:44; Ko‘rilganligi: 1435
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:39