O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qurbonlik qilish Alloh taoloning g‘azabini so‘ndiradi, Rabbimizning roziligiga erishtiradi.

 
 

Qurbonlik ko‘p qilinadigan joyda urush, ocharchilik, tabiiy ofatlar bo‘lmaydi.

Qurbonlik qilishga imkoni bo‘la turib, qurbonlik qilmagan kishining yo o‘zi, yoki bola-chaqrasi yoki moli yoxud tijorati kasodga uchraydi.

Qurbonlik qilishda barcha – eru xotin, bola-chaqa, faqiru miskinlar uchun umumiy manfaat bordir. Qurbonlik tufayli Alloh taoloning umumiy afvi namoyon bo‘ladi.

Odam alayhissalomdan to Iso alayhissalomgacha qurbonlik go‘shtini yeyish joiz bo‘lmagan. Ularning davrlarida qurbonlik Alloh taolo huzurida maqbul bo‘lsa, bir olov kelib, uni kuydirib yuborar edi. Ummati Muhammadiyaga esa Alloh taolo qurbonlik qiluvchiga o‘zi qurbonlikka so‘ygan hayvon go‘shtini yeyishni halol qildi.

Qurbonlik Alloh taologa atab qilingani uchun uni sog‘-salomat, hech bir nuqsonsiz bo‘lishiga urinish Rabbimizga nisbatan yuksak odobni ifodalaydi. Qurbonlikning go‘shti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emas. U zotga faqat bandaning taqvosi yetadi, xolos. Qurbonlik qilinadigan hayvonning aybu nuqsonsizini topish esa, taqvoning barkamolligidan darak beradi.

Qurbonlikning yana bir hikmati kambag‘allarning ko‘ngillarini ko‘tarishdir. Ularga yaroqsiz, nuqsonli hayvonlarning emas, balki eng afzal, eng sog‘lom hayvonlar go‘shtini ehson qilish ajri katta amaldir.

 Sultonov Aziz

VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali rahbari


Kiritilgan vaqti: 22/06/2022 19:49;   Ko‘rilganligi: 728
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/qurbonlik-qilish-alloh-taoloning-gazabini-sondiradi-rabbimizning-roziligiga-erishtiradi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 09:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing