O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

O‘quv yakunlandi

 
 

Joriy yilning 3-8 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, hamda tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma'rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan 36 soatlik malaka oshirish kursini muvafaqqiyatli tugatgan viloyatimizning 18 nafar otinoyilari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomova, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi rahbari Farida Abdurahimova, O‘MI raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, xotin-qizlar bo‘limi rahbari Maryam Abdullayeva, malaka oshirish markazi direktori Husniddin Ahmedov va kurs tinglovchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida diniy-ma'rifiy sohada ko‘p yillar mobaynida xotin-qizlarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, ayol-qizlarning jamiyatdagi faolligini jadallashtirish, xalqimizning azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash, diniy sohadagi ko‘p yillik samarali faoliyati uchun viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat bosh otinoyisi N. Temirova O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/10/2022 12:40;   Ko‘rilganligi: 779
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/oquv-yakunlandi
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 23:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing