Ogoh bo‘ling
Ogoh bo‘ling. Inson bu dunyoni bir kuni tark etishi bor. Tayyormisiz? Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Bu dunyoda yashayapsiz, xoru-zor bo‘lmaslik uchun molu-dunyo ham kerak. Ammo halol yo‘l bilan topilgan bo‘lishb, undan Alloh yo‘lida foydalanish ham lozim ekan. Chunki, jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Topgan molu-dunyongizdan qilgan ehsoningiz Siz bilan ketadi. Chunki “berganing o‘zingniki, kistangdagi amonat”dir. Qolganlari shu dunyoda qoladi. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling.Birovlarga gumon qilmang. Aniq dalilingiz bo‘lmasa, shu qilgandir, deb o‘ylamang ham aytmang ham. “Gumon iymondan ayiradi”, degan gap bor. Iymonsiz bo‘lib qolmang. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Sizning qilgan yaxshi va yomon amallaringiz yetti avlodgacha ketishi mumkin. farzand, nevara, chevara, evara, pannevara, ovora, begona. Biroq, bari vaqtincha. Lekin jahannamham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Azaliylik va abadiylik faqat Allohga xos. Inson umri vaqtincha. Bu imtihon dunyosida doimo tayyor bo‘lib yuring. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Uchta narsa jismni kasal qiladi. Bular ko‘p yeyishlik, ko‘p gapirishlik, ko‘p uxlashlik. Bu foniy dunyoda savoblarni ko‘paytirib,sog‘lom yashang. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Badanni buzuvchi to‘rtta narsa bor ekan. Bular qayg‘u-g‘am, xafalik, ochlik, uzoq vaqt yqusizlik (bedorlik). Bulardan ham ehtiyot bo‘lib, hamisha sog‘lom va samarali yashang. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Yuzni chiroylikqiladigan va ko‘rkamlashtiradigan to‘rtta narsa bor ekan. Bular turli krem, maz va moylar emas, balki, taqvo, vafo, saxovat va muruvat ekan. Siz ikki dunyoda ham chiroylik yashang. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Rizqni tanglashtiruvchi to‘rtta narsa bor ekan. Bular sahar paytida uxlashlik, kam namozlik, dangasalik va xiyonat. O‘ylab ko‘ring,jahannamham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Imom Buxoriy ta'kidlaydi: “Tijoratda baraka bordir, unga yolg‘on, xiyonat aralashsa, baraka ketadi”. Gunohi ham kam emas. O‘ylab ish qiling, jahannamham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Islomda ota-onasiga xizmat qilganlarning umri barakali, ularga qarshi borganlarniki barakasiz bo‘ladi, degan aqida bor. Bularga xizmat qilib duosini olib, jannatning kalitini qo‘lga kiriting. Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling.Ibn Moja ta'kidlaydiki,“va'dali oldi-sotdida, qarzni berishda va arpa aralashtirilgan nonda baraka bor”. Umringiz ham savobli amallaringiz ham barakali bo‘lsin. E'tibor qiling jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Bayhaqiy ta'kidlashicha “Bir jamoada biri gapirib turganda qolganlari tinch turmasa, u joy barakasiz bo‘ladi”. Gap talashib o‘tirmang.Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Daylamiy ta'kidlashicha: “Fosiq va sudxo‘rlarning daromadida baraka bo‘lmaydi”. Ushbu odatlar juda katta gunohlardan ham hisoblanadi. Bulardan tiyilish lozim. Chunki, jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Har bir jonzotning shu jumladan odamning ham rizqisini Alloh belgilab qo‘ygan. Shu tufayli milliarder ham, o‘rta miyon boylikka ega bo‘lgan kishi ham, kambag‘al ham bir kaso ovqat yeydi. Qancha boy bo‘lmasin, u umrni sotib ola olmaydi. Faqt jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Mamayunus Pardayev hikmatlaridan
Kiritilgan vaqti: 28/12/2022 10:42; Ko‘rilganligi: 1108
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:06