O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ogoh bo‘laylik, birimiz adashsayu unga beparvo bo‘lsak, uning zarari kasofati ko‘pchilikka uradi

 
 

Alloh biz mo‘minlarni kim nima desa shunga ergashib ketmoqdan qaytarib. Qur'oni karimning Xujurot surasi 6-oyatida shunday marhamat qiladi. Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq habar keltirsa, aniqlab qo‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar. deydi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: Jarir raziyallohu anhudan: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Bir kishi odamlar orasida yurib, gunoh ishlarni qilsayu, ular uni qaytarishga qodir bo‘la turib, qaytarmasalar, Alloh ularni o‘lishlaridan avval jazoga duchor qiladi”. Ushbu hadisdan qodir bo‘lganlarga ogoh bo‘lish, ma'siyatni oldini olish, jigarlarini, do‘stlarini fitnadan ogohlantirishi vojibligi kelib chiqadi. Ommaviy ravishda yaxshilikga chorlash, yomonlikdan qaytarishni tark etilsa, fitna bolalab butun jamiyatni boshiga balolar yog‘ilishidan ogohlantirilmoqda. Xalqimizda bir maqol bor: Ovsaru anqov dushman uchun yaxshi ov.

Bizning ota bobolarimiz ovsar ham anqov ham bo‘lgan emaslar. Ko‘r ko‘rona boshqalarga ergashib ketgan emaslar. Balkim har ishda yetti o‘lchab bir kesganlar. Ilmu ma'rifat, karamu shafqat ila odamlarni ezgulik sari ergashtirganlar. Mutahassislarning ma'lumotlariga ko‘ra bugun axborot texnalogiyalari keng imkoniyatlar berayotgan bir vaqtda, ming afsuslar bo‘lsinki bu imkoniyatlardan buzg‘unchilik, qabohat yo‘lida foydalanayotganlar ham, kun sayin ortib bormoqda.

Buzuq, aqidaparast oqimlarning chorlovlarini targ‘ib qilishda internet saytlari asosiy manbaga aylandi. Masalan o‘n yil avval bunday saytlar bir nechtagina bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bir necha mingdan ortib ketgan. Odam yuragini ezadigan jihati shulki, qanchadan qancha yoshlarimiz bilib bilmay shu saytlarga kirib, undan ma'lumotlarni ko‘chirib olib, o‘z e'tiqodlariga putur yetkazmoqdalar. Undanda achinarlisi kalta binlarcha qilib qo‘ygan nobokorliklari yetmaganday, yana kamiga boshqalarni ham yo‘ldan urishga urinayotganlaridir.

Bugun dunyoda adolat, saodat, rahmat dini bo‘lmish yosh musaffo dinimiz Islomni yomon otliq qilmoqchi bo‘lgan, unga nisbatan odamlarda nafrat tuyg‘usini o‘yg‘atmoqchi bo‘lgan, o‘ta makkor, badbin, shakkok kimsalarning, uzoqni o‘ylab, chuqur rejalagan fitnalarining samarasini ko‘rib turibmiz. Alloh Qur'oni karimning Baqara surasining 191-oyatida marhamat qiladi.

Fitna qotillikdan ham yomonroqdir deydi. Chunki qatlda ma'lum bir kimsa qurbon bo‘ladi. Fitnada esa ming minglab, millionlab kimsalar kattayu kichik, yoshu qari, ayollaru bolalar qubon bo‘ladilar. Obod yurtu shaharlar vayronaga, go‘zal bog‘u bo‘stonlar harobaga aylanadi. Buni misoli yaqin sharqdagi Iroq Suriya voqealarida ko‘ryapmiz. Bir necha buzuq oqimlar birlashmasidan tashkil topgan to‘dalar, parda ortida turgan homiylarining qo‘llab quvvatlashi evaziga, kattagina hududni egallab qanchadan qancha shafqatsizliklarni, Islom dini nomidan qilmoqdalar.

Al-Urs al-Kindiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Agar yer yuzida bir xato ish qilinsa, unga bir kishi guvoh bo‘la turib yomon ko‘rsa, huddi u yerda bo‘lmagandek bo‘ladi. Kimki u yerda bo‘lmasa ham, unga hayrihoh bo‘lsa, huddi o‘sha yerda guvoh bo‘lgandek bo‘ladi” dedilar.

Demak, gunoh ishga rozi bo‘lish, uni qilish bilan barobardir. Bunda “Ha menga nima”, “O‘zi biladi” deb bo‘lmaydi. Chunki o‘zimizga yaxshi ko‘rganni o‘zgaga ham yaxshi ko‘rmaguncha iymonimiz komil bo‘lmaydi. Halqimizda bir gap bor birniki mingga, mingniki tumanga degan. Ogoh bo‘laylik, birimiz adashsayu unga beparvo bo‘lsak, uning zarari kasofati ko‘pchilikka uradi.

H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 06/09/2023 15:51;   Ko‘rilganligi: 649
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ogoh-bolaylik-birimiz-adashsayu-unga-beparvo-bolsak-uning-zarari-kasofati-kopchilikka-uradi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing