O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MUSLIMA, OQILA, BOLIG‘A YOYOLNING MOTAM (AZA) TUTISHINIG HUKMI

 
 

Musulmon ayolning ahamiyat berishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri – bu yaqinlaridan birining o‘limidan keyin qay shaklda va qancha vaqt mobaynida motam tutishidir.

Ma'lumki, motam – vafot etgan odamning orqasidan yaqinlarining musibatini, qayg‘urishini ifodalash shaklidir. Islom dininig ta'limoti, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ko‘rsatmalariga ko‘ra, har bir motam muddati faqat uch kundir. Muslima ayollar esa eri vafot etsa, unga to‘rt oy, o‘n kun muddat davomida aza tutadilar. Muslma, oqila, bolig‘a ayol aza tutishi vojibdir. Kofira, majnuna (aqli zayif), balog‘atga yetmagan ayolga aza tutish vojib emas. Ammo, uydan chiqish yoki boshqaga nikohlanish ularga ham mumkin emas. Islom dinida “idda” deb ataluvchi ibora bor. “Idda” so‘zi “sanash”, “hisoblash” degan ma'nolarni bildiradi. Shariatda ayol kishi eri bilan ajrashganidan keyin yoki erining vafotidan keyin saqlashi lozim bo‘lgan muddat “idda” deb aytiladi. Bu hukmning shariatga kiritilishi bir necha hikmatlarga ega, eng muhimlari;

  1. Eridan ajrashgan ayol homilador yoki homilador emasligi aniqlanadi. Shu bilan nasl-nasab aralashib ketishining oldi olinadi.
  2. Nikohning haqqini ado qiladi (ya'ni, nikoh uzilganidan xafaligini izhor qiladi) er bilan birga o‘tkazilgan oilaviy hayotning hurmati uchun ham darrov boshqa erga tegib ketilmaydi.

Ayolning idda paytida nimalar qilishi mumkin emasligi haqida Hazrat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday buyuradilar:

“Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan ayol uchun eridan boshqasi uchun uch kundan oriq aza tutishi halol emasdir. Muslima ayol faqat eri uchun to‘rt oyu, o‘n kun motam tutadi. Motam davrida ayol surma qo‘ymaydi, xushbo‘y narsa surtmaydi, rang-barang liboslar kiymaydi”, deya marhamat qiladilar.

Yuqoridagi hadisdan ko‘rinib turibdiki, Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan mo‘mina ayollarga Nabiy sollallohu alayhi va sallam nasihat qilmoqdalar. Chunki, chindan ham Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan muslima ayol Robbisining amriga itoat qiladi, U buyurgan amallarni chiroyli sabr bilan ado etadi. Allohga hush yoqmaydigan ishlarni qilmaydi, nojoiz so‘zlarni aytmaydi. Idda tugagach, ayolning nikohi ham tutgan azasi ham tugaydi. Yangidan turmush qurmoqchi bo‘lgan ayol shundan so‘ng, nikohlanishi mumkin bo‘ladi 

Demak, muslima ayol hayotida hoh xursandchilik, hoh qayg‘uli kun bo‘lishidan qat'i nazar chiroyli sabr qila olishi kerak. Allohga hush kelmaydigan ishlarni bajarishdan o‘zini yiroq tutishi lozim.

 N.Temirova – viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Kiritilgan vaqti: 04/05/2023 13:39;   Ko‘rilganligi: 1731
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/muslima-oqila-boliga-ayolning-motam-aza-tutishinig-hukmi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing