O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MUSHTIPAR ONA

 
 

Qish pallasi yaqin edi, daraxt barglari to‘kilib hamma yoqni to‘zitib mayin shamol esar edi. Ertalab dasturxon atrofida bolalar aylanib o‘tirib olishdi. Dasturxonda bir dona non bor, hech kim nonga qo‘l cho‘zmay qarab turishar  edi.

Zahro xola nonni olib bo‘laklab ularga uzatdi. Hilola qozonga bir oz un solib quymok, pishirib keldi. Bolalar xursand bo‘lib ovqatlanishdi...

Zahro xola o‘sha kunlarni eslab ko‘zlariga yosh oladi.

Oilasida to‘yib ovqat yeyilmasada chiroyli kiyim kiyishmasada, shukr qilib yashar edilar.

Bolalari nolimas, oilasi tinch edi.

Uydagi gap ko‘chaga chiqmas, Zahro xola ularga sabr qilishni, Alloh taolani sabr qilganga mukofoti borligini, qiyinchiliklarning rohati borligini aytar edi.

Xozirgi to‘qchilik zamonda noshukurlik qilib, ota-ona qadrini bilmay, og‘a inilar bir birlariga begonalarday munosabatda bo‘layotganlar kammi?

Musulmon bo‘la turib, ayol nomiga dog‘ tushirib yurgan ayollar ,oila burchini unitib, har xil yo‘llarga kirgan erkaklar, ko‘chada yarim yalong‘och, erkaklarga o‘xshab kiyingan qiz ayollarni ko‘rib  yo Robbim, bundaylar Allohni jazosidan omon qolarmikan, deb yuborganingni bilmay qolasan kishi.

Hammamizga insof ber, Ey Parvardigorim haq yo‘lingdan hech bir bandani adashtirma.

 Berdiyeva Rohiya Ishtixon tuman otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 02/03/2022 10:22;   Ko‘rilganligi: 1305
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/mushtipar-ona
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing