MAYYIT HAM ESHITADI
Ikki shayx (Imom Buxoriy va Imom Muslim) Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Banda qabriga qo‘yilsa va do‘st-u yorlari ortlariga qaytishsa, ularning oyoq tovushlarini eshitadi. Ikki farishta keladi va uni o‘tqazib qo‘yishadi...».
Ushbu hadisi sharifda mayyitning oyoq tovushlarini eshitishi sobitdir. Unga aytilgan so‘zlarni eshitishi esa batariqa avlodir.
Ammo, Ibn Humom rohimahullohning aksar hanafiy mashoyixlari «...ularning oyoq tovushlarini eshitadi» hadisiga qabrga qo‘yilganida ilk so‘roq oldidan eshitadi, deb javob berishgan, degan so‘zlariga kelsak, hadisning zohiriga xilofdir. Qabrda bu holat doimiy hosil bo‘lishi haqida dalillarni yuqorida keltirib o‘tdik. Ushbu dalillar mayyitning davomiy eshitishining sobit ekanini taqozo qiladi.
«Tavassul — hukmlari va turlari» kitobidan 34-B, Shayx Muhammad Obid Sindiy Ansoriy
Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari
Kiritilgan vaqti: 01/03/2022 07:11; Ko‘rilganligi: 781
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 12:19