O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Libos – ichki dunyo ko‘zgusi

 
 

Islom shariati butun insoniyat uchun barcha sohalarda ikki dunyo baxtu saodatiga erishtiradigan qonun-qoidalarni joriy qilgan. Shariatimizda kiyinish odoblari va liboslarga tegishli bo‘lgan alohida hukmlar joriy qilingan. Kiyim insonning ichki ma'naviy dunyosini aks ettiruvchi vositadir. Inson iymonli or-nomusli bo‘lsa, uning kiyadigan kiyimi ham shunga munosib bo‘ladi.Aksincha bo‘lsa, kiyimi uning behayo va beandisha ekanligidan darak beradi. Azaldan kiyimga, kiyinishga bo‘lgan e'tibor barcha millat va din vakillarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Har bir millat va elatni hamda din vakillarining o‘zlariga xos va munosib kiymlari borki, bu kiyimlar ularning milliy yoki diniy kiyimlariga aylanib ulgurgan. Har bir millatni va dinlarni o‘z kiyimlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bizlarning ham o‘zimizga xos va shariatimiz ahkomlariga muvofiq keladigan milliy kiyilarimiz albatta bor.

Insonni boshqa mahluqotlardan ajratib turadigan narsa ham libosdir. Odamning avrati-aybini berkitib turishi uchun Alloh taolo unga libos ato qilgan. Libosning zaruriyligi kiyim avratini o‘zgalardan pinhon tutishidir. Shu bois libosni shariatga muvofiq kiygan inson ziynatli hisoblanadi. Erkakning ham, ayolning ham avrat-to‘sini a'zolarini yopiqligi Allohga hush sanaladi. Ayoldir, erkakdir avratli libosda yursa, nur ustiga nurdur. “Ommaviy madaniyat” deb dunyo yoshlari bir-biriga taqlidan yot fikrlarga, milliy qadriyatlar darz ketishiga yo‘l qo‘ymoqda.
Rivojlanish dunyo, miqyosida bo‘lishi kerak, libos, kiyinish masalasida toyirilishlar bo‘lmasligi kerak. Yangilanish kiymlarning yarim yalong‘och yoki yengil-elpiligi bilan emas, milliy qadriyatlarni to‘ldirish, ziynatlash bilan bo‘lishi kerak. Erkak o‘z libosida, ayol o‘z libosida bo‘lmog‘i joiz. Nabiy alayhissalom o‘zini ayollarga o‘xshatib yuruvchi erkaklar va o‘zini erkaklarga o‘xshatib yuruvchi ayollarni la'natlaganlar.

N.Temirova - Samarqand viloyat bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 11/06/2022 08:07;   Ko‘rilganligi: 825
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/libos-ichki-dunyo-kozgusi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing