O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KAMTARGA KAMOL

 
 

Insonga erishgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlar Alloh tomonidan bo‘ladi. Shuning uchun har qanday g‘alaba-yutuqlarga erishilganda

Allohni zikr qilish va U Zotga ham aytish lozim.

Alloh taolo "Nasr" surasida marhamat qiladi: "Vaqtiki, Allohning nusrati va fathi kelsa...

Va odamlarning Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirayotganini ko‘rsang...

Bas, Robbingni poklab yod et va Unga istig‘for ayt".

Makka fathi juda ahamiyatli narsa edi. Alloh bu fathni berdi va odamlar dinga to‘p-to‘p bo‘lib kira boshladilar.

Har bir muvaffaqiyatga erishgan odam oz bo‘lsada g‘ururga beriladi. Lekin Alloh taolo mana shunday muhim pallada Allohga hamd va istig‘for aytishga buyuradi. Bu amrga itoatni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamda ko‘rishimiz mumkin. U zot Makka fathi kuni Makka shahriga nihoyatda tavozelik bilan, hatto muborak peshonalari mingan ulovlarining egarining qoshiga tegay deb, egilgan holda kirganlar.

Muvaffaqiyatlarda bardavom bo‘lishni xohlasak, Allohga istig‘for va hamd aytishni ko‘paytiraylik.

Nazarov Anvar
Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 21/09/2023 11:01;   Ko‘rilganligi: 649
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/kamtarga-kamol
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing