O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

JIHODCHILIK HARAKATI HAQIDA TUSHUNCHALAR

 
 

“Jixod so‘zi" xarakat kilish ma'nosini anglatadi. Shar'iy istilohdagi ma'nosi esa, Alloh va uning rosulini buyruqlarini qilishga harakat qilish va qaytariqlaridan qaytishga harakat qilishga aytiladi, qolaversa doimo o‘z nafsini tarbiyalashga aytiladi.

Ayrim bugungi kun nafsiga qul bo‘lgan kimsalarni jihod so‘zini noto‘g‘ri talqin qilishi, musulmon yaqinlarini sof fikrini buzishi, bugungi kun quroli bo‘lmish internet tarmoqlari orqali huruj qilishi, Alloh yo‘lidagi jihod shu deb, yosh va g‘o‘r yigit-qizlarni yo‘ldan ozdirayotgani hech kimga sir emas. Qanchadan-qancha yosh yigit-qizlar shu niyati buzuq nobakorlarni aldov va firiblariga aldanib, o‘z vatanlariga, oila a'zolariga, qavmu-karindoshlariga xiyonat qilishib ularni qaqshatib norozi qilib o‘zlari esa hor bo‘lib ketmoqdalar.Eng achinarlisi shuki, ushbu niyati buzuq nobakorlar, Sof-pok bo‘lgan Islom dinini buzib talkin kilishidir.Ularni bu da'volari qanday ham yomon da'voya. Holbuki Islom dinida bunday jihod yo‘q. Haqiqiy jihod esa tamoman boshqa, bu haqda yuqorida aytildi. Muhammad mustafo sallallohu alayhi vasallam, "haqiqiy jihod nafsga qarshi qilingan jihoddir" deganlar. Ushbu hadisi Sharifdan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy jihod ular aytgan jihod emas ekan. Ular aytgan jihod og‘ir gunoh va katta jinoyat ekan. Allox ta'olo insonlarni mukammal qilib yaratib, unga vazifalar yukladi. Tilni vazifasi zikr va shukr.Ko‘zniki esa atrofga ibrat nazari bilan boqib, man qilingan narsalardan tiyishdir, va xokazo barcha a'zolarni vazifalar bor. Ana shu vazifalar o‘z o‘rnida ado qilinsa xam shu xam jihod bo‘laveradi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jihodni iroda qilgan holida keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ota-onang tirikmi?” dedilar. “Ha”, dedi. «Bo‘lmasa, jihodni o‘shalarda qil”, dedilar”- Ya'ni qaytib borib ularning xizmatini qil, ularning roziligini ol, dedilar. Ushbu hadisdan jihodning ma'nosi faqat qurol kztarib urush olib borishdan iborat emasligi. Balki bu so‘zning ma'nolari ko‘p ekanligini ham bilib olamiz. Ota-onaga xizmat qilish, ularning roziligini olish uchun bo‘ladigan hatti-harakat, sa'y-ko‘shishlar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida jihod deb nomlangan ekan.

Hurmatli azizlar siz bilan bizni Alloh mana shunday tinch farovon yurtda yashatib qo‘yganligi uchun har laxza shukrda turishligimiz, ota –onalarimizning xizmatida bo‘lishligimiz lozim. Ushbu ozod va obod ona vatanimizni farovonligi yo‘lidagi harakatlarimiz ham ma'lum ma'noda bir jihod va katta savobli ishlardandir.

  Egamberdiyev Axmad Narpay tumani  “Eshonbobo” jome  masjidi imom-xatibi  


Kiritilgan vaqti: 15/07/2020 09:36;   Ko‘rilganligi: 946
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/jihodchilik-harakati-haqida-tushunchalar
Chop etilgan vaqti: 17/09/2024 23:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing