Islom dini tarixida islom arkon va aqidalarini buzib talqin qilishga sa'y-harakat qilgan turli oqimlar - Soxta salafiylarga raddiya
Islom dini tarixida islom arkon va aqidalarini buzib talqin qilishga sa'y-harakat qilgan turli oqimlar, rang-barang firqalar va ularning tarmoqlari ko‘p bo‘lgan. Biroq mazkur tarixiy oqimlardan ba'zi birlari bugungi kunda ham saqlanib qolgan bo‘lib, o‘zlarining buzuq aqidalarini sodda xalk, ayniqsa, yoshlarni yo‘ldan urishda qo‘llab kelmoqdalar.
Ulardan ba'zilari ochiq harakat qilayotgan bo‘lsa, boshqalari zimdan xufiyona faoliyat olib bormoqdalar. Bu aqidaviy oqimlarning e'tibori bizning mamlakatimiz fuqarolariga ham qaratilgan bo‘lib, ular nazdida xalqimiz totalitar tuzum davrida o‘z an'anaviy e'tiqodidan mahrum bo‘lgan va ular osonlikcha o‘z domimizga tushishlari mumkin, deb hisoblaydilar. Shulardan biri “Salafiylik” oqimidir. Islomda “salaf” deganda, hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz(a.s) zamonida hamda undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Shunga ko‘ra islom ulamolari sahobiy, tobein va tab'a tobein, ya'ni ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildirlar.
Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy”lar tushunchalarini ishlatish mumkin emas. Keyingi yillarda “salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarishni targ‘ib qiluvchi mutaassib, soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.
Kiritilgan vaqti: 28/07/2023 10:19; Ko‘rilganligi: 790
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:39