O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Inson umri g‘animat

 
 

"Har bir ishning vaqti bor, Vaqt bilganning baxti yor" deb bejizga aytishmagan dono xalqimiz.
Dar haqiqat inson har tong yangi kunni qarshi olar yekan, uning ixtiyoriga bir kecha kunduz 24 soat vaqt beriladi. Bu insoniyat uchun har kuni beriladigan yangi umr va Imkoniyatdir. O‘tayotgan vaqtimiz haqida uylab ko‘radigan bo‘lsak, soat millarining to‘xtovsiz aylanishi, aslida aziz umrimizning bamisoli oqar suv kabi to‘xtovsiz o‘tib ketayotganini his etamiz. Ushbu onlar bizning yaxshi yoki yomon amallarimizga guvoh bo‘lib o‘tib bormoqda.

Alloh taolo o‘zining pok kalomida bandalariga xitob qilib: "U, o‘lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq yekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziz va o‘ta mag‘firatlidir". deb marhamat qilgan.

O‘lim va hayotni Alloh taolo yaratgan, bu-haq! Odatda, avval hayot, so‘ngra yesa o‘lim boshlanadi. Bu yesa inson uchun berilgan aziz umrdan, undan qanday foydalandik, nima ishlarni qildik, bularning har bir soniyasidan qiyomat kuni so‘ralishligimizga ochiq oydin dalildir. Payg‘ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda: "Qiyomat kunda banda to‘rt narsadan so‘ralmaguncha, uning qadami joyidan jilmaydi:Umrini nimaga sarflagani, yigitlik davrini qanday o‘tkazgani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani va olgan ilmiga qanday amal qilgani" deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoti)

Demak, inson umrining har bir lahzasi, ayniqsa yoshlik davridan o‘ziga xos shaklda hisob qilinar yekan. Buyuk tobein Hasan Basriy rohimahulloh: "Boshlanayotgan har bir yangi kun:" Yey odam bolasi, men yangi kunman, sening barcha amalinga guvohman, mendan foydalanib qol, agar o‘tib ketsam, qiyomat kunigacha qaytmayman"deb nido qiladi" degan yekan. Demak, umr kechirayotgan har bir inson aql yurgizishi, amaldan ojiz qoladigan kun kelmasdan oldin oxirati, dini, dunyosi va millati uchun foyda keltiradigan xayrli amallarni qilib olishga shoshilishi lozim. Zero inson umrini g‘animat bilib, Robbisi buyurgandek o‘tkazmoqligi, dunyoda ham oxiratda ham ulkan yutuqqa va uni roziligiga musharraf bo‘lishga sabab bo‘ladi.

Islomjon Muzaffarov Kattaqo‘rg‘on tumani "Abdumannon So‘fi " jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 07/08/2023 15:50;   Ko‘rilganligi: 22484
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/inson-umri-ganimat
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing