O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

INSON QAYERDA DUNYOGA KELSA ANA SHU YER UNING UCHUN QADRLI VATAN HISOBLANADI

 
 

Yurtimizda har yili istiqlolga erishgan kunimizni bir-biridan go‘zal g‘oya va shiorlar ostida nishonlash yaxshi an'anaga aylanib boryapti. Ularning har biri qalbimizda alohida mehr uyg‘otib, o‘zini shu Vatan farzandi deb bilgan keksayu yoshni el-yurt farovonligi yo‘lida jipslashtirishga xizmat qilmoqda.

Shu nurafshon kunlarimizda biz uchun olis moziy, buyuk ajdodlarimiz merosi va 30 yil mobaynida bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, shu muqaddas Vatanda yashayotganimizga shukronalar keltirishimiz shart.

Inson qayerda dunyoga kelsa ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hech narsaga alishib bo‘lmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va salam hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida orqalariga o‘girilib, ya'ni Makkai mukarramaga qarab: "Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech qachon o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lur edim" - deganlar.

Demak, Vatanni sevish, uni sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik hisdir. Biror sabab bilan Vatanini tashlab, boshqa yurtlarga ketgan kimsa hayotning og‘ir damlarida uni qo‘msab, ko‘z oldiga keltirishi va tug‘ilib o‘sgan zamini xaqida biror qayg‘uli xabar eshitganda qalban ezilishi ham yurtga bo‘lgan muhabbatning belgisidir.

Botirali RIZAYEV,

Samarqand shahridagi Panjob jome' masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 31/08/2021 14:24;   Ko‘rilganligi: 4409
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/inson-qaerda-dunyoga-kelsa-ana-shu-er-uning-uchun-qadrli-vatan-hisoblanadi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing