Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyati 1-qism
Imom Moturidiyning to‘liq ismi manbaalarda Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy (vaf. 333/944 y) deb qayd qilingan.
Abu Mansur Moturidiy Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda istiqomat qilgani uchun unga “al-Moturidiy” nisbasi berilgan. Zubaydiy “Ixtof as-soda al-muttaqin” nomli kitobida ayrim manbaalarda Abu Mansur Moturidiyning ismidagi Mahmuddan keyin Muhammad ismi borligi va olimga al-Ansoriy nisbasi ham berilganini takidlagan. Yana bir arab tadqiqotchisi Doktor Muhammad Ayyub Ali Abu Mansur Moturidiyga nisbatan Ansoriy nisbasini qo‘llash asosli deb hisoblagan. U bunga Moturidiyning “Kitobut-tavhid” asarining ayrim qo‘lyozmalari hoshiyasida uchratganini aytadi. Biroq, boshqa arab tadqiqotchisi Ahmad ibn Avazulloh Hazbiy Abu Mansur Moturidiyga Ansoriy nisbasi berilganini asossiz deb xulosa qilgan.
Abrorov Jahongirxon manbaalar asosida
Kiritilgan vaqti: 14/12/2021 13:54; Ko‘rilganligi: 954
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:45