O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyati 1-qism

 
 

Imom Moturidiyning to‘liq ismi manbaalarda Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy (vaf. 333/944 y) deb qayd qilingan.

Abu Mansur Moturidiy Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda istiqomat qilgani uchun unga “al-Moturidiy” nisbasi berilgan. Zubaydiy “Ixtof as-soda al-muttaqin” nomli kitobida ayrim manbaalarda Abu Mansur Moturidiyning ismidagi Mahmuddan keyin Muhammad ismi borligi va olimga al-Ansoriy nisbasi ham berilganini takidlagan. Yana bir arab tadqiqotchisi Doktor Muhammad Ayyub Ali Abu Mansur Moturidiyga nisbatan Ansoriy nisbasini qo‘llash asosli deb hisoblagan. U bunga Moturidiyning “Kitobut-tavhid” asarining ayrim qo‘lyozmalari hoshiyasida uchratganini aytadi. Biroq, boshqa arab tadqiqotchisi Ahmad ibn Avazulloh Hazbiy Abu Mansur Moturidiyga Ansoriy nisbasi berilganini asossiz deb xulosa qilgan.

 Abrorov Jahongirxon manbaalar asosida


Kiritilgan vaqti: 14/12/2021 13:54;   Ko‘rilganligi: 953
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/imom-moturidiyning-hayoti-va-ilmiy-faoliyati-1-qism
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing