O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Halimlik, xushfe'llik, muloyimlik – yaxshilik xazinasi

 
 

Mehribon Alloh ta'olo yer yuzini obod qilish uchun qudrati ilohiysi bilan insonlarni yaratib, ularga Nabiylari orqali ta'limot berib, qaysiki bandasi shu ta'limotga asosan yashash tarzini shu ilmga asoslangan holda yashasa ikki dunyo saodatiga erishishligiga va'da qildi. Zero, har bir diniy ta'limlotning zamirida bandaning ya'ni insonning kamoloti mujassam. Alloh taolo kalomida Payg‘ambarimiz(sav) ni  “Va albatta,sen buyuk hulqdasan” , deb ta'rifladi. (qalam surasi 4-oyat). Haqiqatan ham Rosuli akram (sav) xulq-odob va halimlik, yumshoqlik, xushxulqlik borasida nafaqat o‘z asrining balki qiyomatgacha keladigan ummatlariga yorqin mayoq vazifasini o‘tab boradi inshaalloh. Har bir inson nasihat oluvchidir. Payg‘ambarimiz sav ning sunnatiga ul zotning hadislariga murojaat qilsalar albatta rahmoniy yo‘ldan adashmaydilar.

Qolavirsa ul zotning sahobalari ham nubuvvat maktabining toliblari hisoblanib o‘zlarining hayot maktabini yaratib ketganlar.Tobiinlar, tabaa tobiinlar ham hayot deb atalmish bu yorug‘ dunyoda o‘zlarining nomlarini zarxal harflar bilan yozib qoldirgan buyuk insonlar bo‘lib shakllanganlar.

Halqimizda ajoyib bir ibora bor. Yaxshini ko‘rib fikr qil, yomonni ko‘rib shukr qil. Darhaqiqat, insonni yaxshi hulqi, deylik kucha odobi, jamoat odobi, muomila madaniyati, hattoki taomlanish odobi bo‘lsin undan o‘rnak namuna olishlik, unga taqlid qilishlik bor narsa. Buning aksi o‘laroq madaniyatsiz, qo‘pol, g‘aliz odamlarni ko‘rganda, yaratganga shukr qilish lozimki meni ham o‘shalardan qilmading deb.

Hayotda shunday insonlar borki o‘zining go‘zal hulqi-odobi bilan kupchilikka namuna ruzg‘or atalmish bog‘ini go‘zal holatda shakillantirib ajoyib nihollar parvarish etmoqdalar. Guruch kurmaksiz bo‘lmas deganlaridek ba'zi insonlar hayotini yuzaki holda shakillantirib o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘zining yomon hulqi bilan namoyon bo‘lish bilan birga noshukurchilik kayfiyatida hayotdan nolish, fitna fasodni yoyish bilan hayot kechirmoqdalar.

Ba'zi iymoni sust odamlar jamiyat mulki yoki o‘zganing haqqidan qo‘rqmaydigan, o‘z manfaatini o‘zgalarning manfaatidan ustun qo‘yadigan nopok insonlar “Korrupsiya” atalmish illatlarni targ‘ib etadigan insonlar ham yo‘q emas jamiyatimizda.

Zero, nopok narsa birovning haqqiga xiyonat orqali farzandining luqmasini bo‘zib, undan yaxshi odam bo‘lishini kutish go‘yo o‘zi o‘tirgan daraxt shoxini o‘z qo‘li bilan kesayotgan odam kabidir.

Azizlarim yaratgan egam omonat qilib bergan umr ne'matini yaxshiliklar bilan bezab Halimlik, Xushmuomilalik, Muloyimlik fe'li bilan o‘tkazib, oxiratda yaratganning oldida namoyi a'molingiz sahifasi ochilganda sharmanda bo‘lmaslik uchun harakat qilishimiz lozim.

L.Ibodullayev Samarqand tuman “Xuja Abdu Berun” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 20/07/2020 10:30;   Ko‘rilganligi: 1953
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/halimlik-xushfellik-muloyimlik-yaxshilik-xazinasi
Chop etilgan vaqti: 18/09/2024 00:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing