O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Go‘dak yig‘isi

 
 

Anvar besh yosh bo‘lishiga qaramay uyidagi janjallardan sergak tortadigan, otasi ichib kelib onasini  urmoqchi bo‘lib bahona izlashi bilan burchakdagi javon ortiga berkinadigan odat chiqargan.

Kunda yoki kunora bo‘ladigan bu mojoralardan yoshgina go‘dakning chehrasida bolalik zavqi emas siniq ma'sumlik paydo bo‘lgan edi.

Oxirgi marta onasini vahshiylarcha do‘pposlagan otasining qon tekkan qo‘llarini go‘dak xotirasida saqlab qoldi.

Onasi endi ular bilan birga yashamas ekan, buni ammasi aytdi. Xolasi bilan ammasi onasining kiyimlarini berib yuborishdi.

Otasi onasini urgan o‘sha kuni Anvarni ammasi o‘z uyiga olib ketganiga ham mana ikki oy ham bo‘ldi. Uyimga ketaman ham demadi.Chunki uyida tinchlik yo‘q edi, qo‘rqar edi otasidan..

Anvar bugun onasini juda sog‘indi.Tongda uyg‘ongan Anvar  yig‘lay boshladi.Ota g‘o‘ldirab o‘rnidan turdida qurib qolgan badbo‘y og‘zini muzdek suv bilan chayib yana cho‘zilib yotib uxlab qoldi.

Go‘dakning yig‘isi  esa yana necha yil, ne azoblarda davom etishi faqat Allohgagina ayon. Alloh O‘zi hidoyat bersin.

Xayriniso Ergasheva Ishtixon otinoyilari a'zosi

 


Kiritilgan vaqti: 16/07/2020 10:53;   Ko‘rilganligi: 1276
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/godak-yigisi
Chop etilgan vaqti: 18/09/2024 00:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing