O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

CHIROYLI SABR QILAYLIK!

 
 

Alloh Taolo Qur'oni karimning bir nechta o‘rinlarida “Albatta Alloh sabrlilar bilin birga” deb takidlagan. Biz har bir ishimizda Allohni eslab ishimiz oxiriga yetguncha sabr qilib undan (Allohdan) yordam so‘rasak  albatta Alloh madatkor bo‘ladi.

Hozirgi kunda ba'zi oilalar arzimagan gaplar sabab katta janjallarga sabab bo‘ladigan oilalar ham yo‘q emas. Biz yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan ekaniga iymon keltirganmiz. Bir eslaylik Payg‘ambarimiz (s.a.v) oilalari qanday bo‘lgan. Yoki o‘zimizning o‘tgan ota bobolarimizning hayotini oladigan bo‘lsak ham oilalari tinch totuvlikda yashashgan.

Janjalga sabab bo‘ladigan omillardan biri bu erning o‘z haqlarini bilmasligidir. Alloh taolo erlarni oila boshlig‘i va  ular oilada bo‘ladigan barcha moddiy taminotni qiladigan qilib yaratgan. O‘z ma'suliyatini unitib ayollarini ham pul topishga majburlashlari va shunga o‘xshash ishlarni qilishlari nojoizdir. Yana ayolining har xil gaplariga ishonishidir. Ularga gapirganda yumshoqlik va muloyimlik bilan gapirish kerak.

Ayollar esa o‘zining ayolligini yo‘qotmagan holda erlariga mutloqo bo‘ysunishlari lozimdir. Erlari borma degan joylarga bormaslik va ruhsat bergan joygagina borishlik kerak. Bundan tashqari erkaklar ham ko‘p ishlarda ayolining fikri bilan emas balki o‘zlarining fikri bilan ish qilsalar yaxshi bo‘lar edi.

Dono xalqimiz “Fazilarlarning boshi sabr” deb bejizga aytishmagan. Hayotdagi turli xil hodisalarga avvalambor biz erkaklar sabr barboshli bo‘lishimish lozim va oila a'zolarimizni ham shunga o‘rgatmog‘imiz kerak bo‘ladi. Bir eslaylik Payg‘ambarimiz (s.a.v) boshlariga kelgan tashvishlirni hali bizning boshimizga kelmagan. Alloh Taborak va Ta'olo payg‘ambarlarga bergan sinovini biz insonlarga bermaydi. O‘zingiz o‘ylang ota 7 ta farzandidan 6 tasini yer bag‘riga berishi qanchalik qiyin ekanligi, yoki bo‘lmasa o‘tga tashlanmayapmiz.

Biz ummatlarga berilgan yana bir yengillik shuki Muborak Ramazon ro‘zasini  yildavomida bir oy tutamiz xolos. Oldingi ummatlar o‘n bir oy ro‘za tutib bir oy og‘izlari ochiq bo‘lar edi. Bizlarga berilgan bu yengillikka ham ba'zilar sabr qila olmay turli xil bohonalarni qilib ro‘za tutmay yurganliklari o‘zlari uchun zarar ekanligini bilmaydilar. Agar Alloh ro‘zadorlarga beradigan savobni bilishganda edi, har qanday holatda ham ro‘za tutishga harakat qilishar edi. Bugungi sharoitda ro‘za tutsam emmunitetim tushib koronavirusga chalinishim mumkin yoki ozgina kasalligini bahona qilib va shunga o‘xshash arzimas sabablar ila ro‘za tutmayotgan kishilar o‘zlari aslida, Allohga nisbatan taqvolari yo‘qligidan darak.

Yurtimizga kirib kelgan koronavirus va bo‘layotgan har-xil tabiiy ofatlar bizlar uchun bir sinovdir. Kasallik va ofatdan omonda bo‘lganlar Allohga shukronalar aytib, doimo duoi xayrda bo‘lib, muhtojlarga qo‘llaridan kelgancha barcha imkoniyatlari bilan yordam berishlari zarurdir. Musibatga uchraganlar esa shu dard va musibatdan qutilishda Alloh uchun sabr qilishlari lozimdir.

Gunoh ma'siyatlarga berilish bu mo‘minning ishi emas, balki savob ishlarni qilishda sabrli bo‘lish haqiqiy mo‘minning ishidir. Gunohni qilish shaytonga bo‘ysunish, savobni qilish Shaytonni yengishdir. Alloh barchalarimizni sabrli va iymonli qilsin.

Qodirov Usmon - Kattaqo‘rg‘on tumani “Valijon” jome masjidi imom-xatibi   


Kiritilgan vaqti: 13/05/2020 11:39;   Ko‘rilganligi: 1937
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/chiroyli-sabr-qilaylik
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing