O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BUYUK SINOV

 
 

«سمعت الفقراء ببغداد يقولون: «إن ما نقلَه أهل التفسير من أن عيسى عليه السلام كان يخلق من الطين كهيئة الطير فينفخ فيه فيكون طائرا بإذن الله، فإذا طار شيئا سقط ميتا ولم تدم له حياة؛ لأن عيسى كان يَخلق ولا يَرزق، ولو رَزَق كما خَلق لم يبقَ أحد إلا قال: هو الله، فتنةً، إلا من آتاه الله هداه».

 القاضي ابن العربي المالكي

«Bag‘dod shahri faqirlarining: «Tafsir ahlining naql qilishiga ko‘ra, Iyso alayhissalom loydan qush timsolini yasar va unga puflar edilar. U Allohning izni ila qushga aylanar edi. Bir muddat uchganidan so‘ng o‘lik holatda yerga qular edi. Hayotda davom etmas edi. Chunki, Iyso alayhissalom Allohning izni ila yaratar, biroq rizq bermas edilar. Agar yaratganlaridek rizq berganlarida, Alloh hidoyat berganlardan boshqa biror kishi qolmay u zotni «U Alloh» deb aytar va fitnalanar edi», deb aytganlarini eshitganman».

 Qozi Ibn Arobiy Molikiy rohimahulloh

Izoh: Alloh taolo bandalarini turli yo‘llar bilan sinov maydoniga tashlaydi. Bu sinovdan hamma ham muvaffaqiyatli o‘ta olmaydi. Allohning fazli va marhamati ila O‘zi xohlagan bandalarigina bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tadilar. Alloh taoloning marhamatini qarangki, har bir sinovda undan o‘tish yo‘liga ishora qiluvchi belgilarni bildirgan. Yuqoridagi zikr qilingan gapda ham bunga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Alloh taolo Iyso alayhissalomga o‘liklarni tiriltirish va loydan qush timsolini yasash kabi mo‘jizalarni bergan va bunda katta bir sinovni yashirgan. Allohning izni ila qushga aylangan loyning o‘lik holatda yerga qulashi Iyso alayhissalomning bashar ekaniga va buyuk qudrat sohibi faqat Alloh taolo ekaniga dalolatdir. Agar odamlar aqllarini ishlatmaganlarida va Alloh taolo ularni hidoyatidan mahrum qilganida edi bu holatni ko‘rib, og‘ir ahvolga o‘zlarini tashlab qo‘yishgan bo‘lar edi. Biroq, Alloh taolo mehribon va fazli-karami keng bo‘lgan Zotdir. Bandalariga faqat iymonnigina rozi bo‘ladi. Ularga aslo kufrni rozi bo‘lmaydi.

Alloh taolo barchamizga fazli va marhamati ila muomala qilsin! Razzoq sifati ila ne'matlari bilan rizqlantirsin!

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 15/12/2021 09:19;   Ko‘rilganligi: 970
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/buyuk-sinov
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 02:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing