O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

AVLIYOLAR KAROMATI HAQ

 
 

Sayyidimiz Jaloluddin Suyutiy rohimahullohning xodimi Muhammad ibn Ali Habbok aytadi:
“Bir kuni shayx Suyutiy bilan Misrdagi Muqattam tog‘idagi shayx Abdulloh Juyushiy maqarasi oldidagi xonaqohda edik. Shayx Suyutiy qaylula vaqtida menga dedi:
-Asr namozini Makkada o‘qishni istaysanmi. Ammo sharti shuki, buni o‘lgunimcha insonlardan yashirasan?
Men:
-Ha, dedim.

Shunda shayx mening qo‘limdan tutdi va: “Ko‘zingni yum”, dedi. Men ko‘zimni yumdim. Shayx men bilan yigirma yetti qadam yurdi. So‘ngra: “Ko‘zingni och”, dedi. Men ko‘zimni ochdim. Qarasam Makkadagi “Muallot” qabristonining eshigi oldida turibmiz. Biz qabristonni ziyorat qildik. Hadicha onamiz roziyollohu anhoni, Fuzayl ibn Iyoz rohimahullohni, Sufyon ibn Uyayna rohimahullohni va boshqalarni ziyorat qildik. Haramga kirib tavof qildik, zamzamdan ichdik, asrni o‘qigunimizcha maqomi Ibrohimda o‘tirdik. O‘sha yerda shayx Suyutiy rohimahulloh menga dedi:
-Ey ibn Ali! Alloh yerni bizga buklab berganidan(ya'ni, bir necha soniyada Makkada paydo bo‘lganimizdan) ajablanmasa bo‘ladi. Ammo bizning yonimizdagi Misr ahli bizni tanimasligidan har qancha ajablansa arziydi!
So‘ngra menga dedi:
-Agar istasang men bilan qayt. Xohlasang haj mavsumi kelgunicha shu yerda tur, so‘ngra haj qilib qaytasan!
Men:
-Siz bilan qaytaman, dedim.
Birga yana Haramdan “Muallot” gacha bordik. So‘ngra menga shayx Suyutiy dedi:
-Ko‘zingni yum!
Men ko‘zimni yumdim. Shayx mening qo‘limdan tutib yetti qadam yengil yugurdi. Ko‘zimni ochsam Misrdagi shayx Abdulloh Juyushiy maqbarasi yaqinidagi Muqattam tog‘i ustida turibmiz. Biz tog‘dan tushib Umar ibn Forizning o‘sha yerdagi maqbarasi oldiga tushdik”.

Ibn Imod Hanbaliyning “Shazarotuz zahab” kitobidan.

Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidi xodimi A.Polvonov


Kiritilgan vaqti: 07/12/2021 07:48;   Ko‘rilganligi: 1096
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/avliyolar-karomati-haq
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing