O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Aqidada adashishlik esa, eng katta falokatdir.

 
 

Aqidatut Tahoviya asari moturidiylarda ham, ash'ariylarda ham bir xil e'tirof etiladigan mo‘tabar matnlardan ekani soha mutaxassislariga sir emas. Ikkala mazhab ulamolarining ham bu matnga sharh yozganlari buning yaqqol isbotidir. Aqidatut Tahoviya asariga ellikta atrofida sharh yozilgan bo‘lsa, Aqoidun Nasafiyaning o‘ndan ortiq sharhlari bor. Bu sharhlarning ayrimlari ash'ariya mazhabi ulamolari tomonidan yozilgan. Shuning o‘zi ham ushbu matnning naqadar mo‘tabarligiga yana bir dalildir deyish mumkin.

Shu o‘rinda: “Xo‘p, Aqidatut Tahoviyani ham, Aqoidun Nasafiyani ham mo‘tabar deb bilamiz, lekin qaysi birini afzalroq deb bilishimiz kerak”? degan savol paydo bo‘ladigan bo‘lsa, javob quyidagicha bo‘ladi: iste'mol qilinadigan dorining afzalligi kishining yoshi va vazniga ko‘ra farqli bo‘lganidek, kishilarning ilmiy salohiyatlariga ko‘ra bu matnlarning afzalligi ham farqli bo‘ladi.      

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Aqidatut Tahoviyada Ahli sunna val jamoaning musulmonlar ichidagi adashgan oqimlardan va islomga nisbat berilgan firqalardan farqli bo‘lgan e'tiqodiy qarashlari jamlangan. Aqoidun Nasafiyada esa Ahli sunna val jamoaning, xossatan moturidiylarning e'tiqodiy qarashlari nima sababli to‘g‘ri ekani hamda nomusulmonlar va adashgan oqimlarning e'tiqodlari nima uchun noto‘g‘ri ekani haqidagi naqliy va aqliy dalillarning xulosalari jamlangan.

Shu ma'noda omma musulmonlarga to‘g‘ri e'tiqodni oson tushunishlari uchun Aqidatut Tahoviya matnini o‘rganishlari tavsiya etilsa, soha mutaxassislariga Aqidatut Tahoviya matni asosida Aqoidun Nasafiyani chuqur o‘rganish tavsiya qilinadi.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng har sohani zabt etgan allomarimiz tarixini o‘rganishimizga imkoniyat yaratildi. Biz esa tafsir, hadis, kalom, tasavvuf kabi ilmlarni mukammal egallagan allomalar, xususan o‘z yurtimizdan chiqqan ajdodlarimiz tarixini o‘rganishga kirishdik.

Jumladan, yuqorida ma'lum darajada o‘rganilgan Abu Hafs Nasafiy hazratlarining Aqoid ilmiga oid kitoblarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Tahoviy hazratlarining ham Aqoida ilmi borasida biz avlodlarga qoldirgan boy ilmiy merosi biz yoshlarga juda katta dasturul amal bo‘ladi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunimizda ko‘plab aqidada adashib, har xil oqimlarga kirib ketayotgan yoshlarimizni bunday halokatdan qutqarib qolishlikka barchamiz mas'ulmiz. Shunday ekan, buyuk ajdodlarimiz misli ko‘rilmagan chuqqilarni zabt etib, butun musulmon olamiga dasturul amal qilib qoldirgan sof islomiy aqida asosidagi asarlarini o‘rganib yosh avlodning ongiga singdirishimiz kerak. Aqidada adashishlik esa, eng katta falokatdir.

Toshkent islom institutining modul ta'lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi Raxmonov Abdullo


Kiritilgan vaqti: 02/06/2022 09:44;   Ko‘rilganligi: 868
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/aqidada-adashishlik-esa-eng-katta-falokatdir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing