O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Al-Azhar universiteti: Muqaddas dinlar bunday jinoiy harakatlardan xolidir

 
 

Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti Fransiyaning Nitssa shahridagi hujumgv munosabat bildirdi. Ushbu munosabatda jumladan shunday deyiladi:   

Al-Azhari sharif va uning rahbari Shayxul-azhar  Doktor Ahmad Toyyib hazratlari Fransiyaning Nitssa shahridagi Notr Dam cherkovi yaqinida uch kishining o‘limiga va boshqalarning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan mash'um terror hujumini qat'iyan qoralaydi. 

Al-Azhar har qanday holatda ham terroristik harakatlarni oqlab bo‘lmasligini, ushbu xatti harakatlar nafaqat Islom dinining, balki barcha ilohiy dinlarning bag‘rikenglik ta'limotiga zid ekanini ta'kidlaydi. Shu bilan birga har qanday zo‘ravonlik, ekstremizm va murosasizlik harakatlariga qarshi kurash zaruratini yana bir bor eslatib o‘tadi. 

Azhari sharif ushbu jirkanch terror hodisasini qoralash bilan birga, xalqlar orasida zo‘ravonlik va nafrat ritorikasi kuchayib borayotgani haqida ogohlantiradi. Ayniqsa, gap boshqalarning e'tiqodi haqida ketganda donolik, aql va ijtimoiy mas'uliyatga sodiqlikni ustun qo‘yishga chaqiradi. 

Al-Azhar qurbon bo‘lganlarning oilalari va fransuz xalqiga hamdardlik bildiradi, Allohdan jarohat olganlar tezroq sog‘ayib ketishini so‘rab duo qiladi.

 

Manba: azhar.eg


Kiritilgan vaqti: 30/10/2020 21:13;   Ko‘rilganligi: 1314
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/al-azhar-universiteti-muqaddas-dinlar-bunday-jinoiy-harakatlardan-xolidir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 11:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing