O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Abu Yusuf o‘lim to‘shagida ham fiqhiy masalada bahs qilardi

 
 

U imom,qozi Abu Yusuf Ya'qub ibn Ibrohim Ansoriy, Kufiy so‘ng Bog‘dodiydir.

U imom Abu Hanifaning sohibi, uning shogirdi, uning ilmi va mazhabini tarqatuvchi, uchta Abbosiy halifalar (Al-Mahdiy, Al-Hodiy, Ar-Roshid)ning qozisidir.

U birinchi bo‘lib qozilarning qozisi nomi bilan chaqirilgan.

Hayotining oxirgi lahzalarida o‘lim to‘shagida yotganida ham uni ziyoratga kelgan kishilar bilan fiqhiy masalalarda bahs qilardi.

Uning shogirdi qozi Ibrohim ibn Jarroh aytadi: Abu Yusuf betob bo‘lib koldi. Men uni ko‘rishga bordim, uni xushidan ketgan holda ko‘rdim.

O‘ziga kelganida "Ey, Ibrohim, bu masala haqida nima deysan? dedi.

Men"Shu holda ham masala so‘raysizmi? dedim.

U "zarari yo‘q, biz dars qilaylik, shoyatki shu sabab najot topsak", dedi.

So‘ng aytdiki: Ey, Ibrohim, haj amallarida toshni piyoda otgan afzalmi yoki ulovda otgan yaxshimi".

Men : "Ulovda", dedim. U: "xato aytding", dedi. Men: "Piyoda", dedim. U: "Xato aytding", dedi.Men: "Unday bo‘lsa to‘g‘risini o‘zingiz ayting", dedim. U: "Agar u yerda duo qilish uchun to‘xtaydigan bo‘lsa, piyoda afzal. Agar duo uchun to‘xtamaydigan bo‘lsa, ulovda afzal", dedi. So‘ng men uning xuzuridan turib hovlisi eshigining oldiga yetgandima, uning vafot etganligi haqida ovozni eshitdim.

Bu olimlarning yo‘lidir. Chunki ular aytadilarki: "Ilm talab qilish, beshikdan qabrgachadir.

Abdul-Fattoh Abu G‘uddaning
"Olimlarning nazdida vaqtnig qiymati" kitobidan
 Mansur domla Rabbimov Ishtixon tumani "Zarband" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 15/08/2023 16:00;   Ko‘rilganligi: 642
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/abu-yusuf-olim-toshagida-ham-fiqhiy-masalada-bahs-qilardi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing