Долзарб мавзу

Islomda bag‘rikenglik

Islom o‘zining ilk davridayoq bag‘rikenglik dini sifatida namoyon bo‘ldi. Jahon dinlarining ichida faqat Islomda e'tiqod erkinligi ochiq-oydin e'lon qilingan: Baqara surasining 256-oyatida: «Dinda zo‘rlash yo‘q»-deyilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) bu borada islom ummatigagina emas, butun insoniyatga ibrat-namuna bo‘ldilar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida davlat ishlaridagi birinchi ishlari o‘sha yerlik yahudiylar bilan ularning aqidalarini hurmat qilishga asoslangan ahdnoma tuzish bo‘ldi. Janob Rasululloh ahli kitobdan bo‘lgan qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatda bo‘lar, hadya berib, ulardan ham qabul qilardilar. Madinaga Habashiston nasroniylarining vakillari kelganida, ularni masjidga tushirib ziyofat berdilar va xizmatlarini qildilar. Hattoki Najron nasroniylari kelganida, ularga masjidning bir tomonida ibodat qilishga ijozat berdilar. Rasululloh o‘zlari namuna bo‘lgan holda butun ummatni insonlar o‘rtasidagi munosabatda halimlikka, bag‘rikenglikka chaqirdi.

 

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq zamon talabi

Ma'lumki, yigirma birinchi asr axborot asri bo‘lib, hozirgi davr avlodi globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan zamonda yashamoqda. Aynan yosh avlod turli ko‘rinishdagi g‘oyaviy xurujlar nishoniga aylangani ham hech kimga sir emas. 

 

Soxta salafiylar Qabrlarni ziyorat qilish shirk amallardan sanashadi. Bu toifalar o‘z davrida Madinada sahobalar qabrlarini buzish bilan kifoyalanib qolman, Muhammad payg‘ambariing qabrlarini vayron qilishga urnshpgacha yetib borshpgan. Xanafiy mazhabida:

Qabrlarni ziyorat qilish islom dinida mandub (mustahab) amal hisoblanib, uning o‘ziga xos odobi mavjud. O‘tganlar xotirasini yodga olish dunyoning o‘tkinchi ekanini his etish, shu orqali kishini boshqalarga zarar yetkazishdan, gunoh ishlardan saqlash va ezgu amallarni qilishga undaydi.

 

Diniy va milliy qadriyatlar

Islom dini yurtimizga kirib kelganiga o‘n asrdan oshdi. Xalqimiz dinga amal qilishda boshqa xalqlardan qolishmagan. Diniga amal qilmaydigan, uni bilmaydigan xalqdan olimlar chiqmaydi. Buning yaqqol namunasi sifatida IX asrdayoq turli sohalardagi buyuk olimlar yetishib chiqqanini ko‘rsatish mumkin. Ulamolar orasida bir gap bor: “Qur'on Arabistonda nozil bo‘ldi, Misrda o‘qildi, Movarounnahrda unga amal qilindi”. Bu gap bejizga emas. Chunki tarix gapimizga guvoh. Yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi va xalq ijtimoiy hayotiga nazar solsak,  tahlil qilsak dinimiz ta'limoti milliy qadriyatlarimiz aksariyatining asosi ekani namoyon bo‘ladi.

 

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (6-davomi)

Shuni alohida ta'kidlash lozimki ayrim tarriqatchilar xalqona tabobat usullari orqali davolash, turli o‘t damlamalar tayyorlab sotish, sufiy tabobati, sufiy gimnastikasi, sufiy jang san'ati kabi markazlarni ochib, shu orqali odamlarning e'tiborini jalb qilish usullaridan ham foydalanishmoqda.

 

Zamonaviy Missionerlik uyushmalari (davomi)

Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma'naviyatimiz rivoji uchun ham to‘siqdir. Yaqindagina siyosiy mustaqillikka erishganimizda, nima, endi ma'naviy qulga aylanamizmi? Ayting, missioner nayrangbozlarning qo‘g‘irchog‘i bo‘lishimiz kerakmi?

 

Zamonaviy Missionerlik uyushmalari.

«Missionerlik ( lot.- yuborish, topshiriq)-biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi g‘ayridinlar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati. Missionerlik bosqinchilik urushlari davrida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan biri bo‘lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlar»(Ensiklopedik lug‘at)

 

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (5-davomi)

“Ehtiyoti peshin” masalasi ham tariqatchilar tomonidan ilgari surilayotgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bir qancha muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yurtimizning ba'zi hududlarida juma namozidan keyin ehtiyoti peshin deb to‘rt rakaatli namoz o‘qish odati mavjud. Ulamolarimiz fikriga ko‘ra bu ish bid'at hisoblanadi. Ehtiyoti peshin o‘qilishining Qur'on va sunnatda dalili yo‘q. Ulamolarning  fikricha ibodatning mohiyati Rasululloh (alayhis-salom)ning sunnatlariga muvofiq bo‘lishdir. Juma namozidan keyin ehtiyotan peshin o‘qish haqida esa Muhammad (alayhis-salom) hech narsa demaganlar.

 

Soxta salafiylar Qur'on tilovatini O‘tganlar ruhiga bag‘ishlash joiz emas deb biladilar. Hanafiy mazhabida (davomi)

Ibn Hajar Makkiydan: «Birov qabriston ahliga “Fotiha” surasini o‘qisa, savob ularning o‘rtasida taqsimlanadimi yoki har biriga uning savobicha to‘liq beriladimi?”, deb so‘ralganda, u: “Bir jamoa ulamolar ikkinchisiga fatvo berishgan va Allohning fazliga shunisi loyiqroq”, - deb javob bergan.

 

BEKORCHILIKNING ZARARLARI

Insonning nafas olib nafas chiqarishiga e'tibor bersa, vaqtning o‘tib borayotganini sezadi. Demak, insonning umri qisqa vaqtlardan tashkil topgan ekan.  Vaqtning har bir soniyasi g‘animat! Qiyomatda so‘raladigan eng avvalgi narsalardan biri ham vaqtdir. Shuning uchun keksalarimiz “...vaqting ketdi-baxting ketdi”, deb bejiz aytishmagan. Ulug‘larimiz ham: “Ey odam farzandi, sen vaqtlardan iboratsan, agar bir kuning bekor o‘tsa, sening bir qisming ketibdi”, degan. Dangasaning omadi chopmasligi, uning erinchoqligidadir. Ba'zan sa'y-harakatni to‘g‘ri taqsimlash qanchadan-qancha insonlar hayotini baxtu-omadga to‘ldiradi. Aksincha, ayrim kishilarning g‘ayratining so‘nishi, uni tanballikka eltadi. Bekorchilik ko‘paygani sayin dangasalik kuchayadi. Inson doim harakatda bo‘lsa, dangasalikdan asar ham qolmaydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing