O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (5-davomi)

 
 

“Ehtiyoti peshin” masalasi ham tariqatchilar tomonidan ilgari surilayotgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bir qancha muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yurtimizning ba'zi hududlarida juma namozidan keyin ehtiyoti peshin deb to‘rt rakaatli namoz o‘qish odati mavjud. Ulamolarimiz fikriga ko‘ra bu ish bid'at hisoblanadi. Ehtiyoti peshin o‘qilishining Qur'on va sunnatda dalili yo‘q. Ulamolarning  fikricha ibodatning mohiyati Rasululloh (alayhis-salom)ning sunnatlariga muvofiq bo‘lishdir. Juma namozidan keyin ehtiyotan peshin o‘qish haqida esa Muhammad (alayhis-salom) hech narsa demaganlar.

Bugungi kunda yurtimiz hududida faoliyat olib borayotgan tariqatchilar umumiy xavfsizlikka tahdid solmayaptilar deyish mumkindir. Biroq, bu masalaga doir bir necha muammolar mavjud. Shuningdek, tariqatchilar tarafdorlarining ko‘payishi, moddiy bazasining mustahkamlanishi, tariqatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning chuqurlashuvi jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Ba'zi tariqatchilar tomonidan shariat talablarining noto‘g‘ri talqin qilinishi, an'anaviy islom tamoyillariga zid bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi tariqat tarafdori bo‘lmaganlar va rasmiy din xodimlari o‘rtasida noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. (davomi bor)

 “Islom ma'rifati va hozirgi zamon” kitobi asosida Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 12/06/2020 11:42;   Ko‘rilganligi: 1031
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/mumtoz-tasavvuf-va-zamonaviy-tariqatchilik-5-davomi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing