TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI
Dunyoda ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish qonun ustuvorligini anglashni talab qiladi.
Sir emaski, ta'limning vazifasi odamlarning savodini chiqarish va hayotning kurash maydoniga ijobiy xislatlar bilan kira oladigan avlodni tarbiyalashdir. Zero har qanday jamiyatda ma'naviy mezon moddiylikdan ustun qo‘yilgan. Voqelikka ta'sir o‘tkazish va uning hukmronligini mutlaq qo‘lga olish uchun tinchlik tushunchasini umumlashtirish kerak. Ya'ni, tinchlikni hammaning maqsadi, insoniyatning birinchi talabi, jamiyatning turli vakillari va barcha dinlar uchun mushtarak bo‘lgan narsa deb e'tiborga olish zarur. Jamiyat orasida o‘zaro mehr-muhabbat va odob-axloqni yoyish kerak. Chunki, fiqh hukmlarini din maqsadlaridan ajratish natijasida yuzaga kelgan salbiy tushuncha qarama-qarshi fikrlar tarqalishiga olib keladi.
Hadisni inkor qiluvchilarning da'volari va ularga raddiyalar (2-maqola)
Ikkinchi da'vo.
Alloh taolo Qur'on karimni saqlashga kafil bo‘lganining xabarini berib marhamat qiladi:
Hadisni inkor qiluvchilarning da'volari va ularga raddiyalar
Hadisni inkor qiluvchilar quyidagi da'volarni qiladi.
Birinchi da'vo.
“HIZBUT TAHRIR” DA'VOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)
Bugungi kunda o‘zlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb da'vo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga da'vat etayotgan “Hizbut tahrir” oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-e'tiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida o‘zi va'z qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. Ularning xatti-harakatlari, da'volari va e'tiqodi ahli sunna val jamoa manhajiga xilof bo‘lib, maqsadlari musulmonlarga yaxshilik emas, aksincha ular orasida turli tafriqa va ziddiyatlarni keltirib chiqarish ekanligi ko‘pchilikka ma'lum bo‘lib turibdi.
Ramazonga ajoyib tuhfa!
Allohga behisob hamdu sanolar bo‘lsinki, mo‘min-musulmonlar oylarning sayyidi va eng fazilatlisi bo‘lmish Ramazonni nihoyatda ko‘tarinki ruhda, zavqu shavq bilan kutib olmoqdalar. Ramazon fazilatlarga boy oydir.
ISLOM DINIDA IRIM-SIRIMLAR YO‘QDIR!
Xalq orasida qadimdan kelayotgan yoki boshqa xalqlardan o‘tib qolgan turli irim-sirimlarning bor. Masalan, qorong‘uda yoki juma kuni tirnoq olib bo‘lmaydi, yo‘lingdan mushuk kesib o‘tsa orqaga qaytish kerak, supurgini tik qo‘yib bo‘lmaydi, ostona hatlab so‘rashib bo‘lmaydi, falon kunda falon ishni qilib bo‘lmaydi, 13 raqami – baxtsiz va hokazo. Bu irimlarda mutlaqo asos yo‘q.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dan rivoyat qilingan hadislarda “Folchilik, irim-sirimlar butparastlik bilan barobardir”, “Irim qiluvchi yoki irim qildiruvchi bizlardan emas”, deyilgan.
HAR BIR HAQ SOHIBIGA O‘Z HAQINI BERING!
Ayol kishining birinchi vazifasi uy ishlarini idora qilish, oilaga qarash, bolalarni boshqarish, eriga yaxshi muomalada bo‘lishdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ayol kishi erining uyida boshliqdir. U o‘z qo‘l ostidagilarga mas'ul”, deganlar. U oilasini baxtli dargoh, xushnud go‘shaga aylantirishi lozim. Buning uchun o‘z zimmasidagi vazifalarni, yaxshi bilishi lozim bo‘ladi.
O‘z qo‘lingiz bilan o‘zingizni halokatga tashlamangiz!
Alloh taolo insonga bergan ne'matlarning ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne'matidir. Ammo jamiyatimizda oz bo‘lsa-da uchrab turayotgan musibatlardan biri bu o‘z joniga qasd qilishdir.
Qur'oni karimning “Niso” surasida: «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang! Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir» degan. Insonga hayot ne'matini Alloh bergan ekan, uning hayotini faqat O‘zigina olishga haqlidir. Hattoki, o‘sha yashash huquqi berilgan kishi o‘z hayotiga o‘zi ham suiqasd qila olmaydi. Dinimizda birovni o‘ldirish qanchalik og‘ir gunoh bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik og‘ir jinoyatdir.
Mulla Ali Qorining hayoti va ijodi
Mulla Ali Qorining hayoti va ijodi
Allomaning to‘liq ismi Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton ibn Muhammad Qori Haraviy Makkiy Hanafiy bo‘lib, “Mulla Ali Qori” nomi bilan mashhur[1].
O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zingizni halokatga tashlamangiz!
Alloh taolo insonga bergan ne'matlarning ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne'matidir. Alloh insonga hayot ne'matini, bu dunyoda yashash huquqini berar ekan, bu omonat - hayotni asrab, uni muhofaza etishga buyuradi. Jamiyatimizda oz bo‘lsada uchrab turayotgan musibatlardan biri bu o‘z joniga qasd qilishdir. Alloh taolo Niso surasida: «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang! Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir» degan. Insonga hayot ne'matini Alloh bergan ekan, uning hayotini faqat O‘zigina olishga haqlidir. Hattoki, o‘sha yashash huquqi berilgan kishi o‘z hayotiga o‘zi ham suiqasd qila olmaydi. Dinimizda birovni o‘ldirish qanchalik og‘ir gunoh bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik og‘ir jinoyatdir.




















