O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FIQHIY VA AQIDAVIY MAZHABLARNI ADASHTIRMAYLIK.

 
 

Alloh taologa hamdu sanolar va Paygambarimiz Muxammad sollaallohu alayhi vassalam va ul zotning ahli baytlari xamda as'hobi kiromlariga durudu salavot va salomlar bo‘lsin!

Islomdagi aqidaviy yo‘nalishlar soni tarixiy manbalarda turlicha berilgan.  Ulardan  eng  asosiy va mashhurlari - sunniylik, qadariya, murjia, jabariya, xorijiya, mo‘tazila va shia kabilar. Islomdagi yo‘nalish deganda muayyan e'tiqodiy masala asosida birlashgan musulmonlar majmuasi tushuniladi. Masalan, sunniylik yo‘nalishi - sunnat va jamoat asosida, xorijiylik - ajralib chiqish va qarshilik ko‘rsatish, shialik - esa Ali (R.A.) va uning avlodlarini haddan ortiq e'zozlash asosida birlashgan.

Sof va to‘g‘ri aqida Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) va sahobai kiromlaridan sobit bo‘lgan aqidadir. Ulamolar najot topuvchi aqidaviiy mazhab yo‘nalish bu “Ahli sunna val-Jamoa” ekanligiga  ittifoq qilishgan.

Faqihlardan aqoidga doir ilk kitob yozgan va asarlari bizgacha yetib kelgan zot mazhabboshimiz Imom Abu Hanifadirlar. U kishining “Al-fiqxul akbar”, “Al-fiqhul asbat”, “Ar-risola”, “Al-'olim val -muta'allim”, “Al-vasiya” kabi mashhur besh kitoblari aqoid masalalariga doirdir.

Hanafiy mazhabi ikkinchi hijriy asrdan yer yuzining turli mamlakatlariga tarqalib, dastlab Abbosiylar davlati undan so‘ng boshqa o‘lkalar tomonidan qabul qilindi. Xususan, Iroq, Eron, Movarounnahr, Xuroson va Turkiya hududlarida turli davrlarda hukm yuritgan Abbossiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Misrda Ayubiylar, Mamluklar, Movarounnahrda  Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar davlatlari va Usmoniylar imperiyasi tomonidan rasmiy mazhab sifatila qabul qilinib barcha hududlarida ma'muriy idora ishlari ushbu mazhab asosida olib borilgan.

Bizning Movarounnahr musulmonlari islom dini kirib kelgan vaqtdan  boshlab Imomi A'zam (Hanafiy) mazhabi ko‘rsatmalariga rioya qilib kelganlar

O‘tgan ulamolarimizning deyarli hammasi ham shu mazhab va aqidasi asosida asarlar bitib qoldirganlar. Xalqimiz ham shu mazhab  aqidasi va fiqhiy yo‘l yo‘riqlariga amal qilishga o‘rganib qolganlar. Ularga boshqa mazhab hukmlaridan gapirilsa yoki boshqa mazhabdagi musulmonlarning boshqacha namoz o‘qiyotganliklarini  ko‘rsalar taajjubga tushishlari tabiiy.

Demak, o‘z mazhabini va aqidasini mahkam tutgan har qanday musulmon boshqa mazhablarga nisbatan ham izzat-ikrom ruhida bo‘lishi lozim. Ammo aqidaviy masalalarda faqat “Ahli sunna val-Jamoa” e'tiqodi to‘g‘ri, boshqa va oqimlar e'tiqodi botil, deb bilishari zarur.

Shuning uchun o‘z aqidamiz  va hanafiy mazhabida adashmasligimiz va shu yo‘lda to‘g‘ri amal qilib borishligimiz lozim bo‘ladi.

Vatanimizdagi barqarorlikni ko‘ra olmaydiganlar hali hanuz qing‘irliklarini qilish niyatidan qaytgani yo‘q. Shu sababli atrofimizda yuz berayotgan jarayonlarga teran va jiddiy nazar solish zarur. G‘araz maqsadni o‘z vaqtida bartaraf etilsa  xunrezlikning oldi olinadi.

Zero tinchlik-osoyishtalik bor joydagina odamlar halovat topadi, xotirjamlikda yashaydi, kelajakka ishonch bo‘ladi. Taraqqiyot ham, obod turmush ham osuda hayot asosida bunyod etiladi. 

 

Tayloq tumani O‘rta jome' masjidi imomi Muxammadiyev Isomiddin


Kiritilgan vaqti: 19/08/2020 14:21;   Ko‘rilganligi: 2714
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/fiqhiy-va-aqidaviy-mazhablarni-adashtirmaylik
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 05:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing