Viloyat bosh imomi Payariq tumanida bo‘lib, namozxonlar bilan uchrashdi
Bugun, 17 fevral kuni viloyat bosh imom-xatibi Payariq tumanida bo‘ldi. Tuman markaziy “Islom nuri” jome masjidida peshin namozi ado etilgach, jamot bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida viloyat bosh imom-xatibi xalqimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqib, Diniy marosimlar, ibodatlarimiz va milliy urf-odatlarimizni emin-erkin ado etish baxtiga musharraf bo‘lganimiz, muborak Haj va Umra ziyoratlariga borish imkoniyatlari yanada kengaygani va boshqa ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildiki, buning uchun har qancha shukronalar aytsak arzishligi, tinchlik va osoyishtalik ne'mati, shukronalik, farzandlarimizni komil inson etib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta'siridan saqlash kabi dolzarb mavzularda borasida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng Payariq tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar bilan ham suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda xalqimizga ma'rifat ulashish, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, yoshlarni ilm-ma'rifatli, kelgusida xalq koriga yaraydigan shaxslar bo‘lib voyaga yetishishida amalga oshiriladigan vazifalar haqida maslahatlashib olindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 17/02/2020 15:22; Ko‘rilganligi: 1454
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 13:58