Tarbiya hayot – mamot masalasidir
Samarqand shahar, “Zominiy” mahallasi aholisi bilan diniy-ma'rifiy mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom noibi Javlon Achilov qatnashib, “Yoshlar, farzandlarimiz tarbiyasi hayot-mamot masalasi” mavzusida ma'ruza qildi.
Darhaqiqat, imom noibi qayd etganidek, ushbu masala shu darajada muhim ekanligidan taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma'noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Tarbiya masalalari bilan ota-onalar bo‘sh vaqtlarida emas, har daqiqada shug‘ullanishlari zarur. Uning uchun jon kuydirish shart. Eng muhim jihat shuki, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylik. Ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an'analariga sodiq bo‘lib voyaga yetsinlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 15:18; Ko‘rilganligi: 1506
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:35