O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Tarbiya hayot – mamot masalasidir

 
 

Samarqand shahar, “Zominiy” mahallasi aholisi bilan diniy-ma'rifiy mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom noibi Javlon Achilov qatnashib, “Yoshlar, farzandlarimiz tarbiyasi hayot-mamot masalasi” mavzusida ma'ruza qildi.

Darhaqiqat, imom noibi qayd etganidek, ushbu masala shu darajada muhim ekanligidan taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur  ma'noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Tarbiya masalalari bilan ota-onalar bo‘sh vaqtlarida emas, har daqiqada shug‘ullanishlari zarur. Uning uchun jon kuydirish shart. Eng muhim jihat shuki, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylik. Ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an'analariga sodiq bo‘lib voyaga yetsinlar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 15:18;   Ko‘rilganligi: 1319
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/tarbiya-hayot-mamot-masalasidir
Chop etilgan vaqti: 23/02/2024 06:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing