O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Islom – tinchlik dini” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Zafar Mahmudov shahardagi “Tinchlik” mahallasi fuqarolari bilan “Islom – tinchlik dini” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi. Samarqand azaldan ko‘pmillatli zamin hisoblanadi. Ayni paytda viloyatimizda yuzdan ortiq millat va elat vakillari ahil hayot kechirmoqda. Insonning baxtli yashashi uchun, eng avvalo, erkinlik, tinchlik va ijtimoiy adolat muhiti lozim. Yaratganga shukrki, erkimizni qo‘lga kiritganmiz va mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Z.Mahmudov “Islomning ma'nolaridan biri – tinchlik. Islomda tinchlik inson qalbidan boshlanadi. So‘ng qalbdagi bu tinchlik oilaga ko‘chadi. Islom oila tinchligi uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ishga soladi. Oiladagi tinchlik qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar orasiga ko‘chadi. So‘ngra bu tinchlik jamiyatga o‘tadi. Davlat miqyosidagi tinch yashashga esa jamiyat tinch bo‘lgandagina erishiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamdan sahobalar: “Mukammal inson kim?”, deb so‘rashganda, u zot  sollallohu alayhi va sallam: “Tili va qo‘li bilan boshqalarga ozor bermagan kishi”, deya marhamat qilganlar. Boshqa hadislarida hatto hididan ham boshqalar ozor topmasligiga buyurganlar”, -dedi.

Shuningdek, davra suhbatida Samarqand shahar hokimligi va jamoatchilik vakillari ishitrok etdi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/09/2019 13:59;   Ko‘rilganligi: 1329
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/islom-tinchlik-dini-mavzusida-davra-suhbati-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 03/11/2024 22:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing