O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Gunohlarning bu dunyo ham zararlari bor

 
 

Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov o‘zining ko‘p yillik mehnati davomida xalqqa ilm ma'rifat yetkazish, yaxshilikka chaqirib, yomonliklardan saqlanishga da'vat etib kelmoqda. Navbatdagi ma'rifiy suhbat tumandagi 74-maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida suhbat qurildi.

“Inson hayotida savobli va gunoh amal qiladi. Albatta, savobli amallarning insonga bu dunyoda va oxiratda keltiradigan foydalari bor. Xuddi shuningdek, qilayotgan gunohlarimizning ham bu dunyoda va oxiratda keltiradigan zararlari bor. Gunoh amallarni qilib, jinoyat sodir etuvchi kishilar Allohning g‘azabiga uchraydi, ularni mo‘minlar yomon ko‘radi. Gunoh sababli rizqning barakasi bo‘lmaydi va u ilmdan mahrum qiladi. Gunoh  sababidan insonning aqli kamayadi. Gunoh kishiga mana shu kabi zararlarni olib keladi. Agar biz qalb pokligini, nafs xotirjamligini, rizq kengligini, toat muhabbatini, ma'siyat nafratini va eng muhimi Alloh roziligini xohlasak, gunoh, jinoyat, huquqbuzarliklardan saqlanishimiz lozim”, deya o‘quvchilarga jinoyatning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berdi.

Hurmatli ota-onalar, maktabda farzandingizga ta'lim va tarbiya berayotgan ustozlarga hamma mas'uliyatni yuklamang. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi birinchi navbatda ota-onaning o‘zlariga bog‘liqdir. Bolaning risoladagidek inson bo‘lib yetishuvida oiladagi tarbiya birinchi vosita ekani e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi 


Kiritilgan vaqti: 19/11/2019 13:14;   Ko‘rilganligi: 1551
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/gunohlarning-bu-dunyo-ham-zararlari-bor
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 21:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing