Asrimiz vabosidan xalqimiz va kelajak avlodni asraylik
O‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir bo‘lishi, giyohvandlik, ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik va turli zararli, buzg‘inchi oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha imom-xatiblar maktab va boshqa ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yoshlar bilan bu kabi salbiy illatlarning oqibati, dunyo va oxiratdagi zararlari borasida suhbatlar uzviy ravishda o‘tkazilmoqda. Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov tumandagi 32-sonli umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari bilan uchrashib “O‘z joniga suiqasd qilishning oqibati nima?”, “Giyohvandlik va OITS – umr zavoli” mavzularida suhbatlashdi. Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, ustozlar va mahalla faollari qatnashdi.
Tadbir davomida Islom dini ta'limotida inson o‘z sihat-salomatligini saqlash va ehtiyot qilishi asosiy maqsadlardan biri ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, har bir kishi o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi va unga aslo beparvo bo‘lmasligi, balki bu masalada jon kuydirmog‘i, buning uchun yoshlarimiz OITS haqidagi ma'lumotlarni bilishlarining o‘zi ham katta ahamiyatga ega ekanligi, ular kasallik va virus haqida, kasallikning yashirin belgilari, rivojlanishi, davolash, bemorga yordam berish, masalalari va boshqalarni bilishi zarur ekanligi qayd etildi.
Asrimiz vabosi bo‘lgan OITS hamda giyohvandlik ofatidan xalqimizni va kelajak avlodni xalos etish, ularni moddiy-ma'naviy barkamollik sari yo‘naltirishdek umumbashariy xayrli ish hisoblanishi aytib o‘tildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 18/12/2019 12:40; Ko‘rilganligi: 1329
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 02:31