O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ZIYORATCHILARIMIZ MADINAGA YETIB BORDILAR

 
 

Viloyatimizdan joriy yilning 18 aprel kuni Umra ziyoratiga ketgan ziyoratchilarimiz bugun 19 aprel kuni Madina shahriga sog‘-salomatlikda yetib bordilar. Ziyoratchilarga guruh rahbarlari viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattarov va Urgut tuman “Imom Hasan” masjidi imom xatibi H.Tojiyevlar hamrohligida mehmonxonalarga joylashdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz alayhissalomning qabrlarini ziyorat qildilar.

Kunning ikkinchi yarmida ziyoratchilarimiz guruh rahbarlari boshchiligida Madina shahridagi “Qur’on” muzeyi ziyoratida bo‘ldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/04/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1149
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ziyoratchilarimiz-madinaga-etib-bordilar
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 07:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing