O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi

 
 

Prezident Shavkat Mirziyoev Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi davlat rahbarining rasmiy sayti.

«Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz», - dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari bu ishni Qoraqalpog‘istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi. Taklifni barcha katta xursandchilik bilan qo‘llab-quvvatlagach, Prezidentimiz soha mutasaddilariga bu bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Kelgusi yili Qoraqapog‘istonda 2 ming 400 o‘rinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha ta’lim va sog‘likni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.

Manba: “darakchi.uz”


Kiritilgan vaqti: 17/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1486
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yurtimizning-har-bir-hududida-prezident-maktablari-tashkil-etiladi
Chop etilgan vaqti: 01/12/2024 21:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing