O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yoshlar oila qadriyatlarini his etmoqdami?

 
 

2018 yil 6 noyabr kuni viloyatimizdagi bir nechta FHDYO bo‘limlarida yosh oila qurish istagida turganlar va yaqinda oila qurgan bir qator juftliklar bilan oila qadriyatlari uni mustahkamlashga doir o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shahar va tuman bosh imom xatiblari va malakali imom xatiblar tomonidan yosh oila quruvchilarga oila mas’uliyati, er-xotinning huquqlari, burch va vazifalari, poklik, umr hoyu-havasdan iborat emasligi kabi muhim masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bugungi kunda aksariyat yoshlarning oila qadriyatlaridan bexabarligi, mas’uliyatni his qilmaslik, kattalar tomonidan ularga to‘g‘ri tushunchalar yetarli darajada berilmayotgani sababli notinch xonadonlar, ajrilishlar tez-tez yuzaga kelmoqda. Ana shu ko‘ngilsizliklarning muolajasi sifatida viloyatda FHDYO bo‘limlarida “Oila dorulfununi” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan bo‘lib, imom-xatiblarimiz tomonidan yoshlarga bu borada hayotlari uchun muhim bo‘lgan tushunchalar berib boriladi.

Mashg‘ulotlar Oqdaryo, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Paxtachi tumani FHDYO bo‘limlarida bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1485
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yoshlar-oila-qadriyatlarini-his-etmoqdami
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing