O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yaxshilarning muruvvati

 
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida “Qiyomat faqatgina yomon odamlar ustida qoim bo‘ladir”, deganlar (Ikki shayx  rivoyati). Ya'ni, yer yuzida yaxshi odamlar qolmasa, shunda qiyomat bo‘lar ekan.

Odamlar noinsof bo‘lib ketgan, o‘zidan boshqani o‘ylamaydi, hamma nafsiga berilgan, kabi gaplarni ko‘p eshitib qolamiz. Alhamdulillah, yaxshi insonlar ham oramizda ko‘plab topiladi. Misol uchun hozirgi vaziyatda tibbiy niqob, sanitariya anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini bepul tarqatayotgan kishilar haqidagi xabarlarga ham duch kelib turibmiz. Yana bir misol, bugun Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” jome masjidi xodimlari, ehsonparvar kishilar ko‘magi bilan 6000000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini beva-bechora, muhtoj, kam ta'minlangan oilalardan 20 ta xonadonga ehson qildilar.

“Ulamolar yaxshilikning o‘n besh turini bayon etganlar. Ulardan biri o‘zi yaxshi ko‘rib turgan molidan muhtojlarga berish yaxshilik bo‘lish bilan birga, qarindoshlik aloqalarini ham mustahkamlaydi. Yana biri balog‘atga yetmasdan otasi vafot etgan yetim bolalarga yaxshilik qilishdir. Miskinlarga, yo‘lovchilarga, ehson va yordam so‘rovchilarga muruvvat ko‘rsatish ham eng a'lo amallardir”, deydi masjid imom-xatibi Hamzaxon Po‘latov.

Ha, azizalar. Yaxshilikning mukofoti, faqat yaxshilikdir. Kim qancha xayrli ishga qo‘l ursa, dunyo va oxiratda albatta o‘z mukofotiga sazovar bo‘ladi, inshaalloh.   

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/03/2020 18:43;   Ko‘rilganligi: 976
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yaxshilarning-muruvvati
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing