O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xushxabar: Diniy savollarga javob beruvchi Koll-markaz ish boshladi

 
 

Muhtaram yurtdoshlarimizning diniy savollariga javob berish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar'iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mo‘min-musulmonlarimiz bu boradagi o‘z savollariga ushbu koll-markaz orqali javob olishlari mumkin.
Koll-markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba). Ushbu 78-150-33-44 telefon raqamlari orqali koll-markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi.
Darhaqiqat, Islom ilm-ma'rifat dinidir. Inson o‘zi bilmagan narsasini so‘rab o‘rganishi kerak. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda: “Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘rangiz!”, deb buyurgan (Nahl, 43).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bilimsizlikning davosi savoldir”, – deya bayon qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Mashhur tobein Muhammad ibn Siyrin rahimahulloh esa shunday deganlar: "Shar'iy ilm din demakdir. Diningizni kimdan olayotganingizga e'tibor qarating!".
Alloh taolo ushbu loyihani barchamizga muborak aylasin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 19:38;   Ko‘rilganligi: 1147
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-diniy-savollarga-javob-beruvchi-koll-markaz-ish-boshladi
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 22:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing