O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayriya tadbirlari

 
 

3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz imom xatiblari tomonidan qator moddiy ko‘mak ishlari amalga oshirildi. Jumladan:

3 dekabr kuni Payariq tuman “Imom Buxoriy” jome masjidi tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida yashovchi 23 xo‘jalikka oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Ushbu oilalar nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va boquvchisini yuqotganlardan iborat. O‘z navbatida mazkur oilalar va mahalla faollari tomonidan masjid ahliga minnatdorchilik bildirildi.

*****

3 dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar imom xatiblari tomonidan qator xayriya ishlar amalga oshirildi. Homiylarni jalb qilgan holda masjidlar atrofidagi mahallalarda yashovchi nogironlarga go‘sht mahsuloti ulashildi.

****

5 dekabr kuni Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim berishga ixtisoslashgan 9-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilariga ehson ziyofati tashkil etildi. Dasturxon atrofida o‘tirgan murg‘aklar yuzidagi quvonch va shodlik ila tashkilotchilarga minnatdorchilik izhor etdilar.

****

Viloyat bo‘ylab Konstitusiya bayrami munosabati bilan xayriya tadbirlari va boshqa tadbirlar davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2053
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xayriya-tadbirlari
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing