Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir

Xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.
Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir.
Bugun yurtimizda 3 dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan «VAQF» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali tomonidan viloyatimizning Nurobod, Ishtixon tumanlari xamda Samarqand shaxrida yashovchi, fondga murojaat qilgan nogironligi mavjud shaxslarga Fond tomonidan nogironlik aravachari yuborildi va o‘z egalariga topshirildi.
Alloh taolo kalomida shunday marhamat qiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur. . .”. (An'om surasi, 160-oyat)
Musulmonlarning qiladigan yaxshiliklari evaziga qilgan yomonliklari yopilib ketadi. Eng avvalo yaxshilikni, yaxshilik qilgan insonga emas, balki yaxshilik qilmagan insonga nisbatan amalga oshirilsa, fazilatli ishni amalga oshirgan bo‘ladi.
Agar yaxshilik qilgan insonga yaxshilik qilinsa, bu-vafodorlik, Agar yaxshilik qilmagan kishiga yaxshilik qilinsa, bu-sahovatdir. Agar yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilinsa bu-ayni musulmonchilikdir!
Shundan so‘ng VAQF xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali va "Xo‘ja Isxoqi Valiy" jome masjidi imom xatiblari tashabusi bilan saxovat pesha xomiylarni jalb qilgan holda viloyatimizdagi kar-soqovlar o‘rtasida Futbol musobaqasi o‘tkazildi va ziyofat dasturxoni tashkil qilindi.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda: Rasulullox sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilarki:
“Musulmon musulmon kishining birodaridir, unga zulm ham qilmaydi va birodarini dushmaniga topshirib ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatida bo‘lsa, Alloh uning ham hojatida bo‘ladi.
Kimki musulmondan g‘am tashvishni ketkazsa, Alloh taolo qiyomat g‘am tashvishlaridan uni xalos etadi. Kimki musulmonning aybini berkitsa, Alloh taolo qiyomatda uning ham aybini berkitadi”, dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Alloh taola barchamizni qalbimizda yaxshilikka bo‘lgan rag‘batni uyg‘otsin! Amin










O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/12/2020 09:26; Ko‘rilganligi: 1258
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 16:36





















