O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatimizda "Eng marifatli imom" aniqlandi

 
 

2018 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 10 sentyabrdagi 01/A092-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyati vakilligi majlislar zalida «Eng ma’rifatli imom» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov tomonidan tanlovning mohiyati, imomlar faoliyatidagi ijobiy ta’sirlari haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng tadbirni boshlashga ruxsat berildi.

Viloyatning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatib va imom noiblaridan iborat 16 nafar ishtirokchi tafsir, tajvid, aqoid, fiqh ilmlaridan va imomlik faoliyatiga oid berilgan savollar asosida bellashdilar.

Yakunda hakamlar hay’ati xulosasi bilan:

Birinchi o‘ringa Qo‘shrabot tuman "Domla Omonulla Oxun" jome masjidi imom xatibi Abiyev G‘ani munosib deb topildi va ushbu ishtirokchi tanlovning Respublika bosqichiga ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘ringa Narobod tuman bosh imomi hamda "Bahouddin naqshband" jome masjidi imom xatibi Ravshanov Rafael loyiq ko‘rildi.

Uchinchi o‘ringa esa Urgut tuman, "Ahmad Yassaviy" jome masjidi imom noibi Qorayev Aminjon egalladi.

G‘oliblar maxsus diblom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan va o‘zini ibratli jihatlarini ko‘rsata olgan qator imom xatiblar, imom noiblari, masjid xodimlari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:

“Eng ko‘p obuna uyushtirgan imom”

– Pastdarg‘om tumani “Nurilislom” jome masjidi imom xatibi Nazarov Ozod

“Eng ko‘p maqola nashr etgan imom”

– “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Xayrulla Sattarov

Eng obod masjid”

– Samarqand shahar “Xo‘ja Is’hoqi Vali” jome masjidi

Eng targ‘ibotchi imom”

– Ishtixon tumani “Ishtixon” jome masjidi imom xatibi Yaxshilikov Abdulhamid

Eng ta’sirli ijodiy ish”

– Payariq tumani “Sog‘ish ota” jome masjidi imom-xatibi Nodir Qobilov

“Eng xushovoz muazzin”

– Kattaqo‘rg‘on shahar “Qori Muhammadrasul” jome masjidi muazzini Marufov Bayon

“Eng ishbilarmon mutavalli”

– Jomboy tumani “Islomobod” jome masjidi mutavallisi Mirzabekov Rustam

“Eng mirishkor bog‘bon”

– Bulung‘ur tumani “Kichik kildon” jome masjidi imom xatibi Qodirqulov Faxriddin

“Eng namunali tahoratxona”

– Samarqand tumani “Imomi A’zam” jome masjidi tahoratxonasi

“Eng zamonaviy qarovulxona”

– Paxtachi tumani “Xalifa ota” jome masjidi qorovulxonasi

“Eng boy kutubxona”

­– Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi kutubxonasi

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2188
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatimizda-eng-marifatli-imom-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 17:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing