O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat vakilligida imom-xatiblar ishitrokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar, tuman bosh imom-xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjidlarining imom-xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov ham ishtirok etdi. D.Mamadqulov so‘zga chiqib, viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlash, diniy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholi orasida diniy ekstremizm va terrorizm holatlarini oldini olish, viloyatda muntazam ravishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, oilalarni mustahkamlash, maxsus hisobdan chiqarilgan va afv etilgan shaxslar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, har birining oilasi va farzandlarining tarbiyasi, ularning ta'lim olishi, to‘garaklarga jalb etilishi yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda masjidlarda Muborak Ramozon oyiga tayyorgarlik ko‘rish, Xatmi Qur'on o‘tkaziladigan masjidlar ro‘yxatini shakllantirish, bosh imom-xatiblar tomonidan 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlili, joriy yil 3-5 mart kunlari Abu Mansur al-Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘shlab Samarqandda o‘tkaziladigan konferensiyasiga tayorgarlik ishlari kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/02/2020 15:49;   Ko‘rilganligi: 980
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-vakilligida-imom-xatiblar-ishitrokida-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 22:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing