O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Imom Buxoriy masjidida viloyat ahlini Iyd Ramazon bilan tabrikladi

 
 

Assalomu alaykum muhtaram jamoa, azizlar bugun muqaddas islom olamining bayrami, Iyd Ramazon butun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib sizlarni, sizlar orqali butun viloyatimiz aholisini bugungi muqaddas bayram bilan chin yurakdan tabriklayman. Iloho, yurtimiz obod bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin. Mana bugun mustaqilligimiz sharofati ila hamma joylarda Iyd Ramazon namozi o‘qilmoqda. Mana shu turgan joyimizda yaqindagina Imom Buxoriy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazining ochilganligi, shuningdek, oliy hadis maktabining faoliyat yurita boshlaganligi muhtaram prezidentimiz tomonidan mana shu masalaga juda katta e’tibor berilayotganligidir.

Muqaddas dinimizni asrab-avaylash, borlig‘i bilan xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta sa’y-harakatlar olib borilmoqda, - dedi Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bugun erta tongda Imom Buxoriy masjidida bo‘lib o‘tgan Hayit namozida barchani qutlab.

Hayit namozidan fotolavhalar:

Manba: Zarnews.uz



Kiritilgan vaqti: 05/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1034
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-hokimi-erkinjon-turdimov-imom-buxoriy-masjidida-viloyat-ahlini-iyd-ramazon-bilan-tabrikladi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 20:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing