O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

USTOZLAR DUOSI IJOBAT!

 
 

Inson ma'naviy kamolotga, ikki dunyo saodatiga ustoz va murabbiylar tarbiyasisiz erisholmaydi. Ma'naviyat moddiyatdan ustun bo‘lganidan ustoz-muallimlar har bir davrda e'zozlangan.

Qur'oni karimda marhamat kilinadi: "Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur" (Mujodala surasi 11-oyat).

Mazkur oyati karima olim va ilm o‘rgatuvchilar martabasi nafaqat bandalar oldida, balki Alloh taolo huzurida yuqori ekaniga dalolat qiladi. Zero, ular buyuk muallim bo‘lmish Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) merosxo‘rlaridir. Rasululloh (sollallohu alayqi va sallam) bunday marhamat qiladilar: "Shubhasiz, Alloh taolo, farishtalar, osmon va yerdagi barcha mavjudotlar, hatto uyasidagi chumoli, dengizdagi baliqlar insonga yaxshilik o‘rgatgan muallim xaqqiga duo qiladi" (Imom Termiziy rivoyati).

 Eng muhim jihat, ustoz-murabbiylarning ilm o‘rgatishi eng oldin Allohga ibodat bo‘lsa, ikkinchi tomondan Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) merosxo‘rlikdir. Ular eng qimmatbaho boylik xazinachilari. Insonlarga bu xazinani ulashish huquqi, imkoni ustoz, muallimlarga berilgan.

 Shu munosabat bilan bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida ustoz domlalarni uylariga tashrif buyurib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayram bilan tabriklashdi.

Ushbu ulug‘ Ramazon hayiti bayram ustozlarga muborak bo‘lsin. Alloh taolo barcha ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnatlarida yoru madadkor bo‘lsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/05/2020 15:57;   Ko‘rilganligi: 1362
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ustozlar-duosi-ijobat
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing