O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umra yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijod uyining davriy nashrlari – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi dinimizning zarur ahkomlari, muhim savol-javoblar, yurtimiz va dunyo miqyosida diniy-ma'rifiy sohada ro‘y berayotgan yangiliklar, allomalarning pandu nasihatlarini o‘z ichiga olgan nashrlar hisoblanadi.

Ularni xalqimiz e'tiboriga havola qilish, har bir xonadonga kirib borishi diniy-mp'rifiy savodxonlikning oshishiga hissa qo‘shadi. Shu maqsadda yurtimizdagi har bir diniy soha vakili ushbu savobli ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Zero, yaxshilikni yoyish, ilm va ma'rifat taratish, ma'rifatga intilish  pokiza va oliy tushunchadir.

Har yili nashriyot tomonidan obunachilar sonini oshishiga hamda nashrlarning keng yoyilishiga munosib hissa qo‘shgan targ‘ibotchilar taqdirlanib keladi.

Bugun, 2024 yil 1 mart kuni «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bosh direktori Sultonbek Imomnazarov obuna mavsumida eng yuqori natijani qayd etgan, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shgani uchun Samarqand viloyati vakilligini ikki dona Umra safariga yo‘llanma bilan taqdirladi. Umra safariga yo‘llanmani viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla qabul qilib oldilar.

Alloh taolo xalqimizga ma'rifat ulashish, ziyo tarqatishdek xayrli ishlarni bardavom qilsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/03/2024 20:43;   Ko‘rilganligi: 731
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/umra-yollanmasi-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 02:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing