O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ulug‘ ziyorat safari oldidan guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi

 
 

Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda.

Hozirga vaqtda Samarqand viloyatidagi guruh rahbarlari bilan Haj safari oldidan mashg‘ulot o‘tkazildi. Haj safari davomida ziyoratchilarimizga xizmat ko‘rsatish, ularning ibodatlari mukammal bo‘lishi uchun saralab olingan bilimli, tajribali guruh rahbarlari ziyoratchilarga yaqindan yordam berib kelmoqda. Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishtirokida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish boshlandi.

Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, Haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha, batafsil javob berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/05/2023 16:47;   Ko‘rilganligi: 759
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ulug-ziyorat-safari-oldidan-guruh-rahbarlari-bilan-mashgulot-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 16:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing